1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 117-son “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining:
respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlarini shakllantirish;
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma), uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarini tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat boʻlgan “Mahalla yettiligi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Uyushmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi “koʻprik” vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʻmaklashish;
mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash;
har bir fuqaro oʻzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
fuqarolarni oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarda mahallaning oʻrnini kuchaytirish, aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini koʻrish;
“mahalla yettiligi” tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun safarbar etishda koʻmaklashish;
mahallalardagi muammolarning oʻz vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish;
mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan budjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarning maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishini taʼminlash;
mahallalarning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablagʻlarni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
mahalla masʼullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʻnikmalari shakllanishiga koʻmaklashish.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashiga Bosh vazir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlariga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va hokimlar raislik qiladi;
Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
4. Mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
a) mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qiladi;
b) mahalla raisiga 1-ilovadagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi;
v) quyidagilar:
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli 2 — 4-ilovalarida keltirilgan vazifalarga;
profilaktika inspektori — mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashishga;
ijtimoiy xodim — ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish va yordamlarni tashkil etishga;
soliq inspektori — tadbirkorlarga soliq xizmatlarini koʻrsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirishga masʼul boʻladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
5. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” (keyingi oʻrinlarda — daftarlar) orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratishda byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks ettiruvchi quyidagi yangi tartib joriy etilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablagʻlarni taqsimlovchi masʼul tashkilotlar tomonidan jamgʻarmalarda shakllangan mablagʻlar mahalladagi aholi soni, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soniga mutanosib ravishda tegishliligi boʻyicha har bir mahalla kesimida taqsimlanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
5-ilovada keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladi;
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish va chiqarish hamda ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha hujjatlarni shakllantirib, mahalla “yettiligi”ning boshqa barcha aʼzolariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi;
“Temir daftar” Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi;
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan yordamlar fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla “yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritilgan holda koʻrsatiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi” masʼul va javobgar boʻladi;
“mahalla yettiligi”ning faoliyati asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha alohida baholanadi. Bunda koʻrsatkichlar mazkur xodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari faoliyatini KPI asosida baholashda 20 foiz ball berish huquqiga ega boʻladi.
6. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “mahalla yettiligi” aʼzolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
7. 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etilsin. Bunda:
a) har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga quyidagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizi;
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokimi yordamchisi onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan boshqa mablagʻlar;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlarini qayta taqsimlagan holda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan mahallalarga yoʻnaltirishi mumkin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
PF-209-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
1-ILOVA
Mahalla raisining asosiy vazifalari
1. Mahalla obodligini taʼminlash, shu jumladan, “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va masʼuliyatini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta koʻchatlari ekish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish.
(Har oyda bir marotaba mahalladagi barcha koʻchalarda ommaviy hashar uyushtiradi, kamida 2 ta ehtiyojmand oilalarning taʼmirtalab xonadonida qoʻni-qoʻshnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etadi)
2. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, toʻy-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham oʻtkazilishini taʼminlash.
(Har chorakda bir marotaba madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash, toʻy-marosimlarni ixcham oʻtkazish boʻyicha uchrashuvlari tashkil etilishini taʼminlaydi)
3. Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar etish va muammolarga yechim topishini taʼminlash.
(Fuqarolar yigʻinining Kengashida har oyda kamida 5 ta mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarining mahallada amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotini eshitib, muammolarni hal etishda koʻmaklashadi)
4. Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mahallani har tomonlama rivojlantirishda ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
(Har haftada mahalladagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlar hisobotini eshitadi va ularni har biri har oyda kamida 10 tadan muammoli masalalarni hal etishini nazoratga oladi)
5. Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, shu jumladan, taʼlim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
(Har haftada bir marotaba mahalla hududidagi taʼlim tashkilotida oʻquvchilarning davomati, oilaviy poliklinikalarda (qishloq vrachlik punktlarida) aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat va patronaj hamshiralarining oilalarga tashrifi, sport tashkilotlarining aholi uchun ochiqligi, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari atrofining tozaligi hamda daraxtlarni parvarishlash holatini oʻrganadi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
2-ILOVA
Hokim yordamchisining asosiy vazifalari
1. Doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.
(Har oyda kamida 10 nafar ishsizning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash chorasini koʻradi).
2. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish.
(Har chorakda bir marotaba kredit yoki subsidiya ajratilgan fuqarolarning uyiga borib, tadbirkorlik va daromad topishga qaratilgan faoliyatini yurib ketishiga koʻmaklashadi).
3. Oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash, ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga yordam berish.
(Har chorakda kamida 5 nafar oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga yordam beradi).
4. Aholiga ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritadi, shuningdek, dehqon xoʻjaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalarning hamkorligini tashkil etadi.
5. Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantiradi va loyihalarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etishga koʻmaklashadi.
6. Mahalladagi boʻsh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻradi.
7. Mahalladagi kambagʻal oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqadi va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga 3-ILOVA
Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
1. Yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish.
2. Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish.
3. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish.
4. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Izoh: Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/163/0820-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
4-ILOVA
Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari
1. “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyillarini targʻib qilish, xususan yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(Har oyda kamida 20 ta oilaga kirib, oilaviy qadriyatlarni targʻib etadi va nikohlarning qonuniyligini taʼminlaydi.
Mahallada har oyda ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalarning 5 tasini sogʻlom turmush tarziga qaytaradi).
2. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish.
(Har oyda bir marotaba maktabdagi oʻquvchi qizlar bilan uchrashib, ularning taʼlim olishga qiziqishini oshiradi.
Har oyda kamida 5 nafar mahalladagi xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qiladi).
3. Xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etish.
(Har oyda kamida 10 nafar ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatishni tashkil etadi).
4. Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda ishtirok etish.
(Har oyda bir marotaba jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar xonadoniga borib, muammosini oʻrganadi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlaydi va profilaktika inspektoriga xabar beradi).
I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar
1.
Tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya ajratish
Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 30 baravarigacha
2.
Tomorqa yer egalariga sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish
BHMning 10 baravarigacha
3.
Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish
BHMning 3 baravarigacha
4.
Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish
BHMning 10 baravarigacha
5.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
BHMning 10 baravarigacha
6.
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish
BHMning 10 baravarigacha
7.
Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratish
BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda
9.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun subsidiya ajratish
BHMning 10 baravarigacha
10.
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik subsidiya ajratish
BHMning 1 baravarigacha
11.
Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalarida oʻqitish qiyin boʻlgan kasb yoʻnalishlarida “ustoz-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga yoki hunar oʻrgatayotgan (yoki oʻrgatmoqchi boʻlgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash
Har oyda BHMning 4 baravarigacha
12.
Kasanachilik faoliyatini tashkil etgan talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir martalik subsidiya ajratish
Bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida
14.
Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish hamda moslashtirilayotgan har bir ish joyi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
BHMning 40 baravarigacha
15.
Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha
16.
Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun jalb qilingan har bir kasanachi uchun foizsiz ssuda ajratish
1 million soʻmgacha, biroq 2 yilgacha muddatga jami 150 million soʻmgacha
17.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish
Jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha, yuridik shaxslarga 300 million soʻmgacha
18.
Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar)larning toifasiga qarab quyidagi maqsadlar uchun:
“ustoz-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun;
shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;
50-75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha
ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;
Xarajatlarning 50-75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha
hunarmandlarning Hunarmand uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun subsidiya ajratish
BHMning 5 baravarigacha
II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar
1.
Kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha muddatga band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish
Mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda
2.
Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun toʻlovni amalga oshirish
Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 4 baravari
3.
Kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularni malakasi oshirish kurslariga jalb etish
Hisob-kitobga koʻra
4.
Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish
Har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha
6.
Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish
33 million soʻmgacha
7.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlash
Hisob-kitobga koʻra
8.
Bir martalik moddiy yordam berish
BHMning 4 baravari
9.
Sektor rahbari xulosasi asosida, ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash
BHMning 50 baravarigacha
10.
Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash
Turarjoy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)
11.
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish
Boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm
12.
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish
Uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi
13.
Uy-joy bilan taʼminlash
Hisob-kitobga koʻra
16.
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marta toʻlov-kontrakti toʻlab berish
Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda
17.
Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda
18.
Kasb-hunar taʼlimi tashkilotlariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha
19.
Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha
20.
Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida
21.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida 1 guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida
22.
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berish
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;
jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida
23.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash
Hisob-kitobga koʻra
26.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish
Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha
28.
Kamida 3 nafar xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grant
BHMning 60 baravarigacha
III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar
1.
Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish
BHMning 4 baravarigacha
3.
Yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
BHMning 8 baravarigacha
7.
Professional va oliy taʼlim tashkilotlari kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarning taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish
Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda
8.
Yoshlarga tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
6 oygacha har oyda BHMning 4 baravari
9.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish
Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga BHMning bir baravarigacha
10.
Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish
Mahalliy bosqichlar uchun BHMning 4 baravarigacha, xalqaro bosqichlar uchun BHMning 40 baravarigacha
11.
Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash
Uch oy muddatgacha BHMning 50 baravarigacha
12.
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berish
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;
jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida
14.
Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash uchun subsidiya ajratish
Xizmatni oʻtash badalining toʻliq qismi
16.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya ajratish
12 oygacha har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha
(Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)
17.
Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha
20.
Kamida 3 nafar yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grant
BHMning 60 baravarigacha
21.
Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashida yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun har oyda kompensatsiya
BHMning 1 baravari
22.
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini bir marta xarid qilish
BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda
* Ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan yordam va subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari bilan belgilangan.
** Ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlarni “mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tayyorlaydi va kiritadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)