Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 2-noyabrdagi 89, 105, 7-son “Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2052, 2009-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 528-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.