1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3485]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 8-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3780, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son qarori (roʻyxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
6-banddagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-yanvardagi 1-mh-son “Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2960, 2018-yil 5-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2018-y., 10/18/2960/0513-son) 1-ilovaning matnidagi “nazorat instansiyasida”, “Nazorat instansiyasi” va “nazorat tartibida” degan soʻzlar tegishli ravishda “taftish instansiyasida”, “Taftish instansiyasi” va “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.