toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “AUDITORLIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 2000-yilning 1-sentabridan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
79-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 150-modda)