1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini soddalashtirish orqali aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarorida soliq deklaratsiyalarini (yillik, ixtiyoriy, dastlabki, chet el jismoniy shaxslari mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar) taqdim etish hamda jismoniy shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliqlarini qaytarishga (nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan toʻlovlar, oʻqish uchun toʻlangan kontrakt summalarini, olingan ipoteka kreditlari) ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini joriy etish;
jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-noyabr,
636-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 636-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
yettinchi xatboshidagi “muvofiq tasdiqlansin.” soʻzlari “muvofiq;” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. 3-banddagi “davlat soliq” va “Davlat soliq” soʻzlari tegishlicha “soliq” va “Soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3, 4 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band “tekin foydalanish shartnomalarini” soʻzlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va” soʻzlaridan keyin “soliq xizmatlari yoki YIDXP orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-band “ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berishga ruxsat berganligini” soʻzlaridan keyin “YIDXP yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“10. Koʻchmas mulk shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish YIDXP yoki Soliq qoʻmitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, faqat elektron shaklda real vaqt rejimida amalga oshiriladi”.
5. Quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga 7-ILOVA
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament deklaratsiya topshiruvchi jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — deklaratsiya topshiruvchi) jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini (keyingi oʻrinlarda — soliq deklaratsiyalari) taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Elektron soliq xizmatlari portali hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari hamda vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 393-moddasida koʻrsatilgan deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar hamda ushbu Kodeksning 378 — 380-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlarga ega boʻlgan holda soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida imtiyoz qoʻllanilmagan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
5. Deklaratsiya topshiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasiga asosan vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan hisobot shakllari asosida davlat xizmatidan foydalanadi.
6. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
7. Deklaratsiya topshiruvchi yoki uning qonuniy vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
8. Deklaratsiya topshiruvchi shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soliq deklaratsiyasini yuboruvchi nomidan, Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 5-bandida koʻrsatilgan hisobot shakllarini elektron tarzda toʻldiradi.
9. Soliq imtiyozidan foydalanish maqsadida deklaratsiya topshiruvchilar elektron tarzda qoʻshimcha soʻrovnoma toʻldirishi lozim.
10. Davlat xizmatida soliq majburiyati bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar (meros yoki hadya, oldi-sotdi va ijara shartnomalari, qimmatli qogʻozlar va yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi ulushlar (paylar), respublika hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar) tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan axborot almashinuvi asosida shakllanadi.
11. Soliq deklaratsiyasi toʻldirilgach deklaratsiya yuboruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
13. Soliq deklaratsiyasida notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Deklaratsiya yuboruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Deklaratsiyasi yuboruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning deklaratsiyasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
15. Deklaratsiya yuboruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning soliq deklaratsiyasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, oʻn daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Elektron soliq xizmatlari portali va YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa soliq deklaratsiyasi avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
16. Deklaratsiya yuboruvchining deklaratsiyasi notoʻgʻri toʻldirilgan holda vakolatli organga taqdim etilganda, maʼlumotlar toʻgʻrilanib qayta hisobot taqdim etishi mumkin.
17. Vakolatli organ soliq deklaratsiyasi kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida soliq deklaratsiyasidagi maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshirib chiqadi, maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilgach, soliq deklaratsiyasini qabul qiladi va maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, sabablarini koʻrsatgan holda deklaratsiya yuboruvchini maʼlumotlarni besh ish kuni ichida toʻgʻrilangan holda qayta hisobot yuborish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Bunda vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya blankasini tashrif buyurgan holda murojaat etilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali deklaratsiya yuboruvchiga elektron tarzda yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazi deklaratsiya blankasi kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa ichida uni deklaratsiya topshiruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Bunda Davlat xizmatlari markazi deklaratsiya yuboruvchi tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, deklaratsiya yuboruvchining arizasiga koʻra unga deklaratsiya blankasini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
21. Deklaratsiya topshiruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Jismoniy shaxs
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda hamda Soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP
Deklaratsiya yuboruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning soliq deklaratsiyasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
10 daqiqa ichida
Soliq xizmatlari portali va YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa soliq deklaratsiyasi avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP
Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya blankasini tashrif buyurgan holda murojaat etilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali deklaratsiya yuboruvchiga elektron tarzda yuboradi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
Vakolatli organ (tuman (shahar) soliq inspeksiyasi
Vakolatli organ soliq deklaratsiyasidagi maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshirib chiqadi, maʼlumotlarni toʻgʻriligiga ishonch hosil qilgan taqdirda, soliq deklaratsiyasini qabul qiladi hamda deklaratsiya yuboruvchini xabardor qiladi.
5 ish kuni ichida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga 8-ILOVA
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarishga ariza beruvchi jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar, shuningdek, olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Elektron soliq xizmatlari portali va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va (yoki) davlat xizmatidan Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali elektron tarzda foydalanadi.
6. Ariza beruvchi shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq arizani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Ariza toʻldirilgandan soʻng undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangan holda yuboriladi hamda QR-kodli (matrik shtrixli kod) ariza shaxsiy kabinetida shakllanadi.
8. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
9. Arizada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchini besh ish kuni ichida toʻgʻrilangan holda qayta ariza yuborish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa ichida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
12. Vakolatli organ ariza tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi va arizaga javob xatini tayyorlab, tashrif buyurgan holda etilgan murojaat boʻyicha Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda kelib tushgan murojaat boʻyicha shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.
13. Davlat xizmatlari markazi javob xati kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi.
Bunda Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining arizasiga koʻra unga javob xatini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Jismoniy shaxs
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza shaklini toʻldirib, elektron tarzda tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga yuboradi.
10 daqiqa ichida
YIDXP
Toʻldirilgan ariza avtomatik tarzda tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga yuboriladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ (tuman (shahar) soliq inspeksiyasi
Arizani koʻrib chiqadi va arizaga javob xatini tayyorlab, tashrif buyurgan holda etilgan murojaat boʻyicha Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda kelib tushgan murojaat boʻyicha shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza olingandan soʻng uni jismoniy shaxsning elektron manziliga yuboradi.
10 daqiqa ichida
Jismoniy shaxs tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, unga javob xatini elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
Jismoniy shaxsning soʻroviga koʻra
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Jismoniy shaxslarning professional va oliy taʼlim, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olish uchun
ARIZA
Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Doimiy yashash joyi (hudud nomi)
Tanlanadi
1.1. Tuman/shahar nomi
Tanlanadi
2. JSHSHIR
Avtomatik shakllanadi
3. Familiyasi
Avtomatik shakllanadi
4. Ismi
Avtomatik shakllanadi
5. Otasining ismi
Avtomatik shakllanadi
6. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili (toʻliq)
Avtomatik shakllanadi
7. Telefon raqami
Kiritiladi
8. Elektron pochta manzili
Kiritiladi
9. Soliq turi
Avtomatik shakllanadi
10. Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi
Avtomatik shakllanadi
11. Ortiqcha toʻlangan summa
Avtomatik shakllanadi
12. Summa soʻz bilan
Avtomatik shakllanadi
13. Qaytarish yoki hisobga olish
Tanlanadi
14. Shaxsiy bank karta raqami
Kiritiladi
15. Tranzit hisobvaragʻi
Avtomatik shakllanadi
16. Bank MFO
Avtomatik shakllanadi
17. Qaytariladigan (boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan) summa
Kiritiladi
18. Summa soʻz bilan
Avtomatik shakllanadi
Izoh. Ushbu arizada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda menga tegishli bank plastik karta raqami toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 09/23/636/0916-son)