Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish tartibini soddalashtirish orqali sohaga yosh kadrlarni keng jalb etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3
1-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida” 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-son
Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3
1-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida” 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-son
Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish talabi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
5-bandida:
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.