1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini davlat nav sinovidan oʻtkazilishi hamda sohaga elektron identifikatsiyalash tizimi joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Keyingi yillarda ilgʻor xalqaro tajriba va ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini yaratish, ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, intensiv sogʻlom koʻchatlar yetishtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni sifatli urugʻlik va koʻchatlar bilan barqaror taʼminlash, shuningdek, xorijiy davlatlar seleksiyasiga mansub noanʼanaviy ekin turlarini respublikamiz hududlarining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda joriy qilish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini davlat nav sinovidan oʻtkazishda elektron identifikatsiyalash hamda ularni majburiy tartibda sinovdan oʻtkazish tizimini joriy etish zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini majburiy tartibda davlat nav sinovidan oʻtkazish, sohada ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash uchun elektron identifikatsiyalash tizimini va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-martdagi 158-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini sinash hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda elektron identifikatsiya tizimini joriy etish hamda jarayonlarning barcha bosqichlarini maxsus onlayn axborot tizimi orqali yuritish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarini majburiy tartibda sinovdan oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-noyabr,
623-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agrotest.uz” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda-axborot tizimi) — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovi boʻyicha maʼlumotlarni va davlat reyestrini elektron koʻrinishda shakllantirish hamda yangilab borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
istiqbolli navlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat nav sinovining dastlabki yillarida xoʻjalik koʻrsatkichlari va xususiyatlari, mahsulot sifati hamda boshqa belgilari boʻyicha davlat reyestriga kiritilgan nav va duragaylardan ustun boʻlgan nav va duragaylar”;
“talabnoma beruvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida Markazga murojaat etuvchi rezident yoki norezident (yuridik va jismoniy shaxslar)”;
7-banddagi “Markazga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma taqdim etadi” soʻzlari “Markazga axborot tizimi orqali talabnoma va unga ilova qilinadigan tegishli hujjatlarni taqdim etadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “nav sinash uchastkalarining tajriba yer maydonlarida” soʻzlari “nav sinash stansiyasi va uchastkalarining (yoki talabnoma beruvchining oʻzi tanlagan) yer maydonlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“15. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan va Qishloq xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan shakllantiriladigan istiqbolli navlar roʻyxatidan chiqarish uchun quyidagi holatlar asos boʻladi”;
“18. Axborot tizimiga davlat reyestri boʻyicha maʼlumotlar Markaz tomonidan joylashtiriladi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi”.
“2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga talabnoma beruvchining xohishiga koʻra beriladigan, vakolatli organ tomonidan davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
istiqbolli navlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat nav sinovining dastlabki yillarida xoʻjalik koʻrsatkichlari va xususiyatlari, mahsulot sifati hamda boshqa belgilari boʻyicha davlat reyestriga kiritilgan nav va duragaylardan ustun boʻlgan nav va duragaylar;
talabnoma beruvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) murojaat etuvchi rezident yoki norezident (yuridik va jismoniy shaxslar);
shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
elektron identifikatsiya raqami — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan sinovga olinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlariga beriladigan hamda yuritiladigan identifikatsiya raqami (kod)”;
“Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun andoza (standart) nav mavjud boʻlmagan taqdirda, sinovdan oʻtkazilayotgan qishloq xoʻjaligi ekini turiga mansub yangi navlar orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi”;
“9. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining urugʻliklarini realizatsiya qilishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“12. Talabnoma beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolatli organga “Agrotest.uz” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali talabnomani shakllantiradi va joylashtiradi.
Bunda rezidentlar axborot tizimida OnelD identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi. Norezidentlar uchun axborot tizimida onlayn roʻyxatdan oʻtgan holda tizimga kirish imkoniyati yaratiladi.
13. Talabnoma beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organning axborot tizimida roʻyxatdan oʻtib, oʻzining shaxsiy kabineti orqali ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq talabnomani toʻldiradi hamda talab etilgan hujjatlarni joylashtiradi.
Talabnomani koʻrib chiqish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq stavkalarda toʻlov undiriladi.
Talabnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
navning anketasi va tavsifi;
ishonchnoma (vositachi va huquqiy vorislar tomonidan talabnoma berilgan taqdirda);
navning fotosuratlari toʻplami;
navni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishga tavsiya qilgan tashkilotning ilmiy kengashi bayonnomasi;
nav yaratuvchilarining muallifligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (mahalliy navlar boʻyicha talabnoma berilgan taqdirda);
navning genetik modifikatsiyalangan organizm ekanligi yoxud gen muhandisligi yoʻli bilan yaratilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (izohlovchi ilova);
nav yaratuvchisi tomonidan tavsiya etiladigan hududlar (yoki tuproq-iqlim zonalar) boʻyicha xabarnoma.
Vakolatli organ tomonidan talabnoma beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Talabnoma beruvchiga toʻlovlarni amalga oshirish uchun besh ish kuni ichida axborot tizimi orqali uning shaxsiy kabinetiga shartnoma yuboriladi.
15. Talabnoma beruvchi shartnoma bilan tanishib chiqib, xizmatlar uchun talab etiladigan toʻlovni amalga oshiradi. Toʻlov tijorat banki yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi”;
“17. Quyidagi hollarda talabnomani koʻrib chiqish rad etiladi:
talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Reglamentga 13-bandda qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq stavkalarda toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
nav boshqa talabnoma beruvchi tomonidan sinash uchun takroran taqdim etilganda.
Talabnomada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, vakolatli organ talabnoma beruvchiga ushbu kamchiliklarni oʻn ish kuni ichida bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Bunda davlat xizmatlari koʻrsatishning muddati aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Vakolatli organning davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishi qatʼiy taqiqlanadi.
18. Talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan uning har qanday bosqichida bosh tortish hamda shartnomani bekor qilish haqida axborot tizimi orqali maʼlum qilish huquqiga ega”;
“22. Vakolatli organ talabnoma beruvchidan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin besh ish kuni ichida ularning toʻliqligi va toʻgʻriligini koʻrib chiqadi.
Vakolatli organ talabnoma beruvchiga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida sana koʻrsatilgan xabarnomani, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani hamda navning urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni yuboradi.
Hujjatlar toʻliq yoki toʻgʻri boʻlmaganda, vakolatli organ talabnoma beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
23. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabnoma beruvchi vakolatli organning quyidagi talablariga qatʼiy amal qilgan holda:
navni sinash bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan miqdorda toʻlovlarni amalga oshiradi;
axborot tizimi orqali yuborilgan taqsimotni olgandan keyin ekin turidan kelib chiqqan holda belgilangan muddatda navning sifatli urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib beradi.
24. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilib, tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin quyidagilarni amalga oshiradi:
navning urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni ishlab chiqadi va axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yetkazadi;
navning urugʻlik materiallari taqsimotga muvofiq tegishli nav sinash stansiyalari va uchastkalariga oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda yetkazilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi;
navga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, nav sinash stansiyalari va uchastkalarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha (har yili, har mavsumda) kuzatuvlarni tashkil etadi va maʼlumotlarni axborot tizimiga doimiy ravishda joylashtirib boradi;
talabnoma beruvchini navlarni sinash boʻyicha ekspert baholash usullari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali xabardor qiladi va ekspert baholash usullari boʻyicha mavsum davomida ishlarni tashkil etadi hamda har bir navga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, ekspert baholash natijalari yuzasidan xulosa va dalolatnomalarni axborot tizimiga joylashtiradi;
navning har yilgi hosilidan olingan namunalar boʻyicha laboratoriya tahlillari natijalarini (zarur hollarda, originator tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalarini) axborot tizimiga joylashtiradi;
nav sinash stansiyalari va uchastkalarida oʻtkazilgan sinash ishlari natijalari asosida yigʻilgan maʼlumotlarga koʻra axborot tizimida har yili navlar boʻyicha takliflarni shakllantiradi hamda Ekspert komissiyasi aʼzolariga taqdim etadi”;
“26. Vakolatli organ Ekspert komissiyasining xulosasiga asosan oʻzining tegishli qarori loyihasini axborot tizimida navlarning elektron identifikatsiya raqamini (kod) koʻrsatgan holda shakllantiradi hamda yigirma besh ish kuni ichida Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi”;
“27. Vakolatli organ axborot tizimda navlarning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, uch ish kuni ichida talabnoma beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi”;
“28. Vakolatli organ talabnoma beruvchining xohishiga koʻra uch ish kuni ichida qishloq xoʻjaligi ekini navining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi va belgilangan tartibda taqdim etadi”;
29-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari boʻyicha toʻlov stavkalari mahalliy va xorijiy seleksiya navlari uchun farqli holda belgilanadi”;
“30. Quyidagilar navlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan shakllantiriladigan istiqbolli navlar roʻyxatiga kiritish va davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
“31. Navlarni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, uch ish kuni ichida talabnoma beruvchiga axborot tizimi orqali talabnoma rad etilganligi haqida elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada talabnomani rad etish sabablari va ularni bartaraf etib, koʻrsatilgan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkinligi bayon qilinadi”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Talabnoma beruvchi
(rezident yoki norezident)
1. Navni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida vakolatli organga Agrotest.uz axborot tizimi orqali talabnomani shakllantirgan holda murojaat qiladi.
1. Ixtiyoriy ravishda
2. Talabnomani qabul qilish va koʻrib chiqish, navni sinash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olish uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
2. Talabnoma berish bilan bir vaqtda
2-bosqich
Vakolatli organ
(Qishloq hoʻjaligi ekinlarini sinash markazi)
Hujjatlarni qabul qiladi va qabul qilingan sanani koʻrsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnomani, navning urugʻlik materiallarini yetkazib berish boʻyicha taqsimotni hamda davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnomani axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatlar qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida
3-bosqich
Talabnoma beruvchi
(rezident yoki norezident)
Taqsimotga asosan navning sifatli urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib beradi.
Taqsimotni olgandan soʻng 10 ish kuni ichida
4-bosqich
Vakolatli organ
(Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazi)
1. Urugʻlik materiallari tegishli nav sinash stansiyalari va uchastkalariga taqsimotga asosan oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi.
1. Har yili qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishdan 10 kun oldin
2. Nav yoki duragaylarga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, nav sinash stansiyalari va uchastkalarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha (har yili, har mavsumda) kuzatuvlarni tashkil etadi va maʼlumotlarni axborot tizimiga doimiy ravishda joylashtirib boradi.
2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida
3. Talabnoma beruvchini navni sinash boʻyicha ekspert baholash usullari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali xabardor qiladi va ekspert baholash usullari boʻyicha ishlarni tashkil etadi hamda har bir navga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, ekspert baholash natijalari yuzasidan xulosa va dalolatnomalarni axborot tizimiga joylashtiradi.
3. Etishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin
4. Navning har yilgi hosilidan olingan namunalar boʻyicha laboratoriya tahlillari natijalarini (zarur hollarda, originator tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalarini) axborot tizimiga joylashtiradi.
4. Kamida uch yil va har mavsum yakunida
5. Oʻtkazilgan sinash ishlari natijalari asosida yigʻilgan maʼlumotlarga koʻra axborot tizimida har yili navlar boʻyicha takliflarni shakllantiradi hamda Ekspert komissiyasi aʼzolariga taqdim etadi.
5. Kamida uch yil va ha� mavsum yakunida
6. Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan oʻzining tegishli qarori loyihasini axborot tizimida navlarning elektron identifikatsiya raqamini (kod) koʻrsatgan holda shakllantiradi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
6. Ekspert komissiyasi xulosasidan keyin 25 ish kuni ichida
7. Axborot tizimida navlarning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda talabnoma beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
7. 3 ish kuni ichida
8. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra navning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi va belgilangan tartibda taqdim etadi.
8. Talabnoma beruvchining talabidan keyin 3 ish kuni ichida
9. Navni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabnoma beruvchiga axborot tizimi orqali talabnoma rad etilganligi haqida elektron shakldagi xabarnomani yuboradi. Xabarnomada talabnomani rad etish sabablari va ularni bartaraf etib, koʻrsatilgan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkinligini bayon qilindi.
9. Talabnoma rad etilgandan keyin 3 ish kuni ichida