Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
15-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” hamda “Sanitariya — epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” degan soʻzlar tegishli ravishda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” hamda “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
24-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” hamda “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” hamda “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.