Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
SHNQ 1.04.05-20 “Koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlash qoidalari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 6.1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga asosan buyuraman:
1. SHNQ 1.04.05-20 “Koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlash qoidalari” shaharsozlik normalari va qoidalarning
6.1-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“balkonlarda (lodjiyalarda) yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni oʻrnatish, shuningdek ulardagi asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga shikast yetkazish;”;
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.