1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini kengaytirish hamda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
1. 2024-yil 1-apreldan boshlab kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma taqdim etish boʻyicha elektron shaklda davlat xizmatini koʻrsatishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etadi;
davlat xizmatini koʻrsatishni YIDXP orqali joriy etish boʻyicha texnik hujjatlarni tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini roʻyxatga olish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi hamda ularning chet elga borish maqsadlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib borilishini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
3. 2024-yil 1-apreldan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Soliq qoʻmitasining ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga asoslanib, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ish beruvchilar tomonidan har bir xodim boʻyicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan, shuningdek, aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahat olish uchun mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan hamda ketma-ket ikki va undan ortiq marotaba ijtimoiy nafaqalar olayotgan oilalar bandligini taʼminlash hamda ularning daromadlarini oshirish yuzasidan aniq choralar koʻrib borsin;
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi gematologiya, onkologiya, immunologiya va boshqa uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar toʻgʻrisida yagona elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqsin va uning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda chet elda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqib, maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasiga transport vositasining rusumi, dvigatel quvvati va boshqa zarur koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy kiritish tizimini joriy etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun murojaat qilgan oilalarning elektr energiyasi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibini joriy etsin;
Soliq qoʻmitasi ishlovchi onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan nafaqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Belgilansinki:
kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2023-yil 15-noyabrdan soʻng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi;
mazkur qarorga 1-ilovaning 7-bandi 2024-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-noyabr,
596-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur bandning uchinchi xatboshisi 2024-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritiladi”.
2. 2-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda oilaning daromadlari kam taʼminlanganlik mezoniga muvofiqligini aniqlashda minimal isteʼmol xarajatlarining yangi miqdori Statistika agentligi tomonidan rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun taqdim etilgan arizalarga qoʻllaniladi”;
“Oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari, arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, bogʻ va dehqon xoʻjalik yerlari, ijarasidan yoki boshqa faoliyatdan olingan daromad ushbu oilaga kelib tushadigan noturar joylari toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumot”;
“20. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan maʼlumotlar boʻyicha Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida jami bittadan ortiq koʻchmas mulk va yer uchastkasi yoki bir va undan ortiq noturar joylari mavjud boʻlganda.
Ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq olingan maʼlumotlar boʻyicha ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari foydalanuvida boʻlgan bir va undan ortiq daromad olib keluvchi noturar joylari mavjud boʻlganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomiga rasmiylashtirilgan yoki ushbu Nizomga 3a-ilovadagi shakl boʻyicha maʼlumotnomaga muvofiq ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari foydalanuvida boʻlgan yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud boʻlganda:
ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila aʼzosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron boʻlsa 7) yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yengil avtotransport vositasi;
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
g) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablagʻlari mavjud boʻlganda;
d) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar mavjud boʻlganda;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari (eri (xotini) va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
j) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlanganda;
z) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila aʼzosi tomonidan takroriy ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan soʻng ariza koʻrib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga joʻnatiladi;
i) oilada kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan aʼzolari mavjud boʻlganda;
k) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan aʼzosi tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marta) rad etilgan hollarda;
l) rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlariga murojaat qilmagan hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlarida hisobda turmagan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud boʻlganda.
Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
bola uch yoshga toʻlguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlarga (taʼlimning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha shaxslarga;
2024-yil 16-avgustga qadar ariza taqdim etgan arizachi yoki oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilgan tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan faqat bitta oila aʼzosiga;
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi boʻlgan, shu jumladan, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi boʻlmagan holda otasiga), oila aʼzosi hisoblangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolariga;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlganligi munosabati bilan oilada boʻlmagan aʼzolariga;
oilaning chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzolariga;
bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan oilalarga;
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, ushbu boʻlim tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga;
toʻrt va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandi mavjud boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosiga nisbatan. Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab taqdim etilgan arizalar boʻyicha arizachi yoki oila aʼzosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila aʼzosi boʻlganda ushbu qoida qoʻllaniladi;
ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turgan oila aʼzolariga nisbatan;
m) 2024-yil 16-iyuldan boshlab ariza taqdim etgan ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari faqat Soliq qoʻmitasining fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlarida ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotlari mavjud, biroq uning mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turmaganda.
Mazkur bandda koʻrsatilgan mezonlar asosida bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar “Yagona reyestr” AT orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron shaklda (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar Soliq qoʻmitasining “Yagona reyestr” AT tomonidan elektron soʻrov yuborilgan kunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (toʻliq) miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanganda hisobga olinadi.
Mazkur bandning faqat “k” kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar “Yagona reyestr” AT orqali belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, biroq mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar) hamda nikohi bekor qilingan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Adliya vazirligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan olingan elektron maʼlumotlarga asosan aniqlashtiriladi”;
21-banddagi “oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi boʻyicha” soʻzlari “oʻzini oʻzi boshqarish organi va arizachi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “Yakka tartibdagi tadbirkorlik” soʻzlaridan keyin “va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “miqdori aniqlanmasa” degan soʻzlardan keyin “yoki oʻtkazmalar miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoridan kam boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi axborot tizimidan olingan maʼlumotlarda ariza berilgan sanadan kamida bir oy avval Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytmaganligi qayd etilgan fuqaro chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs sifatida qabul qilinadi”;
“27. Arizachi yoki oila aʼzolarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonida tomorqa maydonini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali olingan hamda ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq maʼlumotda yoki 6-ilovaga muvofiq dalolatnomada aks ettirilgan maʼlumotlar asosida quyidagi formuladan foydalaniladi:
TEM = UM — QM — (UM * 20 %) bunda:
TEM — tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi maydoni;
UM — ajratilgan yerning umumiy maydoni (m2);
QM — qurilishlarning maydoni (m2);
(UM * 20 %) koʻrsatkichi 200 m2dan oshmagan holda hisob-kitob uchun qabul qilinadi.
Tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad miqdori sifatida ushbu bandda belgilangan tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan bir oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan bir oylik oʻrtacha normativ daromad tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalanilayotgan sotixlar maydonini jami daromad aniqlanayotgan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 0,035 baravariga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ushbu bandda koʻrsatilgan bir oylik oʻrtacha normativ daromadi oilaning oʻrtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga koʻpaytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
2024-yil 16-avgustga qadar ariza taqdim etgan tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi maydonida oilaning faqat bir nafar mehnatga layoqatli ishsiz aʼzosi tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan deb hisoblanadi. Bunda:
oila aʼzolari tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan birinchi navbatda, mehnatga layoqatli ishsiz boʻlgan, bola parvarishi va oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, jazoni ijro etish joylarida jazoni oʻtamayotgan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan oila aʼzosi;
oilaning voyaga yetgan, taʼlim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish joylarida jazoni oʻtamayotgan yoki chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamayotgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan, oʻz oilasiga ega boʻlmagan mehnatga layoqatli ishsiz farzandiga, shuningdek, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan shaxs (bir nechta farzandi boʻlganda — yosh ketma-ketligi boʻyicha);
taʼlim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtamayotgan yoki chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamayotgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosining parvarishi bilan band boʻlmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan mehnatga layoqatli ishsiz otasi band boʻlgan deb hisobga olinadi”;
“30. Ariza beruvchi oilaning hamda iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi qayta oʻrganilayotgan oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
BOOʻD — oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad;
MHTD — mehnatga haq toʻlash shaklidagi uch oylik daromadlar (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda);
MD — uch oylik mulkiy daromadlar (ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan davrda);
OA — oila aʼzolari tomonidan olingan uch oylik alimentlar;
TA — oila aʼzolari tomonidan toʻlangan uch oylik alimentlar;
TU — tashkilot taʼsischisiga qoʻllaniladigan normativ daromad;
IN — kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga toʻlangan uch oylik ishsizlik nafaqasi (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda);
JIMH — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga toʻlangan uch oylik mehnat haqi (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda);
SND — fuqaro bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlar uchun hisoblanadigan oʻrtacha uch oylik normativ daromad;
YTTND — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun hisoblanadigan oʻrtacha uch oylik normativ daromadlar;
POʻ — pul oʻtkazmalari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolaridan uch oylik pul oʻtkazmalari summasi (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda) yoki ularga hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromadlar;
PN — pensiya va nafaqalar koʻrinishidagi uch oylik (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda) daromadlar;
TD — tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan (mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan davrda) hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromadlar;
CHM — chorva mollari va parrandalari mavjud boʻlgan fuqarolarga hisoblanadigan uch oylik oʻrtacha normativ daromad;
BD — oila aʼzolarining uch oylik boshqa daromadlari;
OAS — oila aʼzolari soni”.
35-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda 2024-yil 1-yanvardan boshlab nafaqa miqdorini qayta hisoblash “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 351 va 352-bandlar bilan toʻldirilsin:
“351. 2023-yil noyabr oyidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilaning iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi belgilangan tayinlash muddati yakuniga kadar har oyda (yangi tayinlangan hollarda keyingi toʻlov oyidan boshlab) toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar qayta ariza talab etmagan holda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan maʼlumotlarga muvofiq avtomatik tarzda “Yagona reyestr” AT orqali qayta oʻrganiladi. Bunda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan maʼlumotlar elektron shaklda toʻliq yoki qisman olinmaganda joriy oy toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar elektron shaklda olingan maʼlumotlarga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatish yoki davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Qayta oʻrganishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oila mazkur Nizomning 20-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda keyingi toʻlov roʻyxatlarini shakllantirishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi.
Bunda 2023-yil 16-noyabrga qadar ariza bergan oilalarning iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi mazkur Nizomning 20-bandi “v” kichik bandiga muvofiqligi 2023-yil 16-noyabrga qadar amalda boʻlgan mezonlarga muvofiq qayta oʻrganiladi.
2023-yil 16-noyabrdan boshlab taqdim etilgan arizalar boʻyicha ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahat olish uchun) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila aʼzosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kirmasa yoki kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan boʻlsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi.
Bunda ushbu oila bolalar nafaqasi tayinlash uchun qayta murojaat qilgan hollarda toʻlov toʻxtatilgandan keyin 9 oy davomida, moddiy yordam tayinlash uchun qayta murojaat qilgan hollarda toʻlov toʻxtatilgandan keyin 3 oy davomida ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahat olish uchun) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlariga murojaat qilgan oila aʼzosiga nisbatan rasmiy bandlik talab etilmaslik boʻyicha istisno qoʻllanilmaydi.
352. 2024-yil 1-martdan boshlab — bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, koʻchmas mulklari hamda chorva mollari ularning arizalarida koʻrsatgan maʼlumotlarga muvofiqligi joyiga chiqqan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan oʻrganib boriladi va ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va kamida 2 nafar masʼul xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻrganish natijalari “Yagona reyestr” ATga hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan kiritiladi va axborot tizimi tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovini toʻxtatish yoki davom ettirish boʻyicha avtomatik ravishda qaror qabul qilinadi.
Ushbu Nizomga 6-ilovaga asosan qayta oʻrganishda oilada mazkur Nizomning 20-bandi “b” kichik bandini ikkinchi xatboshida hamda “v”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda keyingi toʻlov roʻyxatlarini shakllantirishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi. Bunda toʻlovni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan oilalarning bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun taqdim qilgan arizalari olti oy davomida koʻrib chiqilmaydi.
Dalolatnoma bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan soʻng ikki oy ichida tuzilib, axborot dasturiga kiritilishi lozim. 2024-yil 1-mart holatiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar boʻyicha dalolatnoma 2024-yil 1-iyulgacha rasmiylashtirilib, “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.
Belgilangan muddat ichida dalolatnoma tuzilmagan, dasturga kiritilmagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlariga ogohlantirish yuboriladi.
Belgilangan muddatdan keyin ham bir oy davomida dalolatnoma rasmiylashtirilmagan, axborot tizimiga kiritilmagan taqdirda, “Yagona reyestr” ATni yuritishga masʼul boʻlgan organ tomonidan ushbu xodimlarning ish beruvchi yuqori tashkilotiga tegishli choralar koʻrish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.
Agar fuqaroning qarshiligi yoki doimiy ravishda (masʼul xodimlar tomonidan 2-marta borilganda) uyda boʻlmasligi natijasida mahallaning masʼul xodimlari tomonidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning moddiy ahvolini oʻrganish imkoni boʻlmasa, bu haqda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtirilib, axborot dasturiga kiritiladi. Ushbu dalolatnoma axborot dasturiga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlash vaqtincha toʻxtatiladi hamda bu haqda arizachiga SMS xabar yuboriladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin dalolatnoma rasmiylashtirilib, “Yagona reyestr” ATga kiritilsa ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib amal qiladi.
Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin 2 oy davomida oʻrganish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, “Yagona reyestr” AT tomonidan toʻlovlarni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlov vaqtincha toʻxtatilgan oylar uchun bir yoʻla toʻlab beriladi. Biroq, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin ikki oy muddatdan keyin dalolatnoma rasmiylashtirilib, toʻlovlarni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlovlar keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi hamda vaqtincha toʻxtatilgan oylar uchun toʻlovlar amalga oshirilmaydi”;
“39. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
a) qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;
b) ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila aʼzosi tomonidan yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlov toʻxtatilishini soʻrab ariza berganda;
v) oila doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketganida;
g) “Yagona reyestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, maʼlumotlar elektron ravishda toʻliq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishdagi texnik xatolar oqibatida notoʻgʻri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda;
d) “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalarning iqtisodiy ahvoli ushbu Nizomning 351 — 352 bandlarida koʻrsatilgan tartibda qayta oʻrganish natijasida oila kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmaganda;
e) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga taʼsir koʻrsatgan ariza beruvchi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki toʻliq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
j) mazkur Nizomning 20-bandi “e” kichik bandida koʻrsatilgan tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganligi aniqlanganda;
z) mazkur Nizomning 20-bandi “j” kichik bandiga asosan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlangan oila aʼzolari mavjudligi aniqlanganda;
i) ortiqcha toʻlovlar aniqlanganda toʻxtatiladi. Bunda ortiqcha toʻlovlar kam taʼminlangan oilaga kelgusi oylarda toʻlanishi lozim boʻlgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablagʻlar hisobidan toʻliq chegirib qolingandan soʻng toʻlovlar qayta amalga oshiriladi.
Mazkur bandning “g” va “d” kichik bandlariga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlari toʻxtatilgan holatlarda oʻtgan davrda toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Toʻlovlarni toʻxtatish (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugagan holatlar bundan mustasno) “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.
Ariza beruvchi bilan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oʻrtasidagi toʻlovlar toʻxtatilishi yoki miqdori oʻzgarishi yuzasidan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi”;
birinchi xatboshi “texnik sabablarga koʻra,” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, mazkur Nizomning 39-bandi “e” kichik bandi boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Mazkur Nizomning 39-bandi “j” va “z” kichik bandlari boʻyicha ortiqcha toʻlovlar vujudga kelganda mazkur bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan tartib asosida undiriladi.”
“49. Ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi hamda Pensiya jamgʻarmasining ichki audit xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
Bunda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻgʻri tayinlanganligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi mavjud yoki manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida oʻrganiladi.
50. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasidagi maʼlumotlar almashinuvi jarayonida texnik nosozliklar va uzilishlar yuzaga kelgan yoki elektron maʼlumotlarni toʻliq olinmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi alohida axborot tizimlaridagi maʼlumot almashinuvini tegishli tizimlar toʻlaqonli qayta ishga tushgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatish hamda oilaning kam taʼminlanganligini avtomatik tarzda aniqlash algoritmiga oʻzgartirish kiritish hamda koʻrib chiqish, mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga moliyalashtirish, toʻlov roʻyxat (vedomost)larini yuborish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega.
51. Quyidagilar uchun:
oila tarkibi, yashash joyining oʻzgarishi va oilaning chorva mollari va parrandalari hamda arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjalik yerlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oʻz vaqtida xabardor qilish boʻyicha — ariza beruvchiga;
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish boʻyicha — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi rahbariga;
bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash boʻyicha arizalarni “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda va oʻz vaqtida kiritish boʻyicha — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi rahbariga;
ariza beruvchi va uning oila aʼzolari maqomini aniqlash, ariza beruvchining arizasi va unga ilova qilingan toʻliq toʻplamdagi hujjatlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga oʻz vaqtida taqdim etish boʻyicha — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisiga;
“Yagona reyestr” ATni meʼyoriy-huquqiy va texnik hujjatlarga asosan toʻgʻri ishlashini taʼminlash, axborot tizimini takomillashtirib borish, axborot tizimi foydalanuvchilariga login va parol ochish (yopish), vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan maʼlumot almashishini taʼminlash va yoʻlga qoʻyish, axborot tizimi orqali tegishli toʻlov roʻyxatlarini shakllantirish hamda toʻlov roʻyxatlarini AT “Xalq banki”ga yuborish boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi rahbariga;
oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish uchun “Yagona reyestr” AT orqali yuborilgan elektron soʻrovlarga oʻz vaqtida va toʻgʻri (ishonchli) maʼlumotlarni elektron ravishda onlayn rejimida taqdim etilishi boʻyicha — manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga;
maxsus hisobvaraqlardagi mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash hamda oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlarni tegishli mahalliy budjetga oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish boʻyicha — tuman (shahar) AT “Xalq banki” boʻlimi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi”.
“Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yozma ariza beradi.
Xohishiga koʻra, biroq joriy oyning 16-sanasiga qadar
2-bosqich
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi
Ariza beruvchining oila aʼzolari tarkibi, maqomini aniqlaydi.
2 ish kuni mobaynida, biroq joriy oyning 18-sanasiga qadar
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza va toʻliq toʻplamdagi hujjatlarni taqdim etadi.
Har 5 kunda, biroq joriy oyning 19-sanasiga qadar
3-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritadi.
Har kuni, biroq joriy oyning 26-sanasiga qadar
4-bosqich
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
1. Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga solishtiriladi.
2. Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
3. Tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, arizalar keyingi oyda qayta koʻrib chiqish uchun (kutish roʻyxatlariga) oʻtkaziladi.
4. Ariza beruvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga ijtimoiy nafaqa tayinlanganligi, tayinlash rad etilganligi yoki koʻrib chiqish uchun keyingi oyda (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar
5. Ijtimoiy nafaqalar toʻlash boʻyicha elektron hujjatlar shakllantiriladi va AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali)ga yuboriladi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasiga qadar
5-bosqich
Iqtisodiyot va moliya boʻlimi
Ijtimoiy nafaqalar toʻlash uchun mablagʻlarni AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)ning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasidan 25-sanasiga qadar
6-bosqich
AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)
1. Ijtimoiy nafaqa oluvchilarga toʻlovlarni amalga oshiradi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan 27-sanasiga kadar
2. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga ijtimoiy nafaqa toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
3. Toʻlanmagan mablagʻlarni mahalliy budjetga qaytaradi va tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga maʼlumot taqdim etadi.
Toʻlov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 2-sanasiga qadar
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining
_____________________ tuman (shahar)
(respublika, viloyat, shahar)
boʻlimi boshligʻiga
Quyidagi manzilda yashaydigan fuqaro
Mahalla _____________________
koʻcha (kvartal) ________________
Uy ____________________
Kvartira __________________
______________________ tomonidan
(ariza beruvchining F.I.O)
ARIZA
Sizdan mening oilamga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy nafaqa (kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa yoki kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam) tayinlashingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
□ pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
□ vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi.
Boshqa hujjatlar: ________________________________
Arizani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi xabarni quyida keltirilgan telefon raqamiga: +998___________ yoki elektron pochta _______________ga yuborishingizni soʻrayman.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oila tarkibi (bola tugʻilganligi, vafot etganligi yoki boshqa holatlar), yashash joyim oʻzgarganligi va nafaqa (moddiy yordam) miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar yoki oʻzgarishlar sodir boʻlganda oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini kafolatlayman.
Mening va oila aʼzolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga hamda ijtimoiy nafaqa toʻlovini bank kartasi orqali amalga oshirilishiga rozilik beraman.
Bunda, AT “Xalq banki”da mening nomimga bank kartasi ochilmagan boʻlsa, AT “Xalq banki”da nomimga yangi bank kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman.
Murojaat qiluvchining imzosi: ________________
Sana: 20 ____ y “____” ______________
Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim
___________________________
(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi)
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:
1.1
Buqa va sigirlar
1.2
Yosh qoramollar
1.3
Ot va tuyalar
1.4
Katta yoshdagi choʻchqalar
1.5
Qoʻylar
1.6
Katta yoshdagi parrandalar
1.7
Yosh parrandalar
2.
Arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq oilaning foydalanuvida boʻlgan,
2.1
Yuk avtotransport vositalari soni
2.1.1.
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.2.
Davlat raqami
2.1.3.
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.4.
Davlat raqami
2.2
Yengil avtotransport vositalari soni
2.2.1.
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.2.
Davlat raqami
2.2.3.
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.4.
Davlat raqami
2.3
Daromad olib keluvchi noturar joylari soni
2.4
Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)
Men, _________________________
________(F.I.O. toʻliq koʻrsatiladi)
Xoʻjaligimizda mavjud chorva mollari, parrandalari soni, oila aʼzolarim nomiga rasmiylashtirilmagan biroq oilamning foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, qoʻshimcha turar koʻchmas mulklari hamda bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman.
Ushbu maʼlumotlar haqqoniyligini mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan xonadonimga kelib oʻrganish oʻtkazishiga roziman.
Ariza beruvchining imzosi: ___________________
Sana: 20___ y. “___” _____________.
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari rahbarlariga “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi MCHJga
Quyidagi manzilda yashaydigan fuqaro
Mahalla _________________________
koʻcha (kvartal) ____________________
Uy ______________________________
Kvartira ________________________
_______________________ tomonidan
(ariza beruvchining F.I.O)
ARIZA
20 yil holatiga koʻra, mening yoki oila aʼzolarim nomiga ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiq mablagʻlar va ularga hisoblangan foiz daromadlari hamda ariza berilgan sanadan oldingi uch oy mobaynida mening yoki oila aʼzolarim nomiga olingan pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi hamda men va oila aʼzolarimning kredit tarixiga oid maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etishingizni soʻraymiz.
Ushbu ariza bilan men va oila aʼzolarim tanishib, yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning taqdim etilishiga rozilik berganimizni tasdiqlab imzo chekmoqdamiz.
Ariza beruvchi _________________
20___ y. “___” __________.
_________________
(F.I.O.)
Oila aʼzosi _________________
20___ y. “___” __________
_________________
(F.I.O.)
Oila aʼzosi _________________
20___ y. “___” __________
_________________
(F.I.O.)
Oila aʼzosi _________________
20___ y. “___” __________
_________________
(F.I.O.)
Izoh. Oila aʼzosiga — ota-ona, turmush oʻrtogʻi va ariza beruvchi bilan birga yashovchi oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yosh va undan katta yoshli farzandlari koʻrsatiladi.
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
I. Ariza beruvchi va uning oila tarkibi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oila aʼzolarining F.I.O.
(pasport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga qatʼiy amal qilgan holda)
Qarindoshlik darajasi
(*kod koʻrsatiladi)
Tugʻilgan sanasi
(kun/oy/yil)
Pasport yoki tugʻilganlik guvohnomasi** seriyasi va raqami (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar)
Har bir oila aʼzosining maqomi (***kod koʻrsatiladi)
Ariza beruvchining oila aʼzolari
Izoh. Oila aʼzolarining maqomi idoralararo axborot almashinuvi orqali olingan hollarda, aynan elektron maʼlumotlar inobatga olinadi.
*) Qarindoshlik darajasi kodlanishi: 01-er; 02-xotin; 03-qiz/oʻgʻil; 04-ota/ona; 05-opa/singil, aka/uka;
**) Tugʻilganlik guvohnomasining qayd raqami koʻrsatiladi;
***) Maqom turlari kodlanishi:
06 — chet eldagi oliy taʼlim muassasasi talabasi (oʻqishning faqat kunduzgi shakli boʻlganida belgilanadi);
07 — chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashi sababli oilada boʻlmagan shaxs;
08 — harbiy taʼlim muassasasida taʼlim olishi sababli oilada boʻlmagan shaxs;
09 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xizmatchilari va xodimlari hamda pensionerlari.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi
______________
_________________________
(imzo va muhr)
(F.I.O.)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)”.
quyidagi mazmundagi 6 va 7-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
DALOLATNOMA
____________ tuman (shahar)
kun. oy. yil
_____________ tuman (shahar) va _____________ mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining ijtimoiy xodimi tomonidan ___________ koʻchasi ________ uyda yashovchi ________________ F.I.O. oilasining iqtisodiy ahvoli va oila tarkibini oʻrganish maqsadida yashash manziliga chiqildi.
Oʻrganish davomida quyidagilar aniqlandi.
T/r
Koʻrsatkichlar
Miqdori
1
Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:
1.1
Buqa va sigirlar
1.2
Yosh qoramollar
1.3
Ot va tuyalar
1.4
Katta yoshdagi choʻchqalar
1.5
Qoʻylar
1.6
Katta yoshdagi parrandalar
1.7
Yosh parrandalar
2
Arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq oilaning foydalanuvida boʻlgan:
2.1
Yuk avtotransport vositalari soni
2.1.1.
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.2.
Davlat raqami belgisi
2.1.3.
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.4.
Davlat raqami belgisi
2.2
Yengil avtotransport vositalari soni
2.2.1.
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.2.
Davlat raqami belgisi
2.2.3.
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.4.
Davlat raqami belgisi
2.3
Daromad olib keluvchi noturar joylari soni
2.4
Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)
3.
Doimiy birga yashovchi turmush oʻrtogʻi (FHSYO organlarida nikohi qayd etilmagan, shu jumladan aliment toʻlayotgan, nikohi bekor qilinmagan) pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) seriyasi va raqami, F.I.O.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki pensionerlari boʻlgan oila aʼzosi mavjudligi (ha/yoʻq)
5.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlangan oila aʼzosi mavjudligi (ha/yoʻq)
6.
Oila aʼzosi chet eldagi oliy taʼlim muassasasi talabasimi? (ha/yoʻq)
7.
Oila aʼzosi chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatdami? (ha/yoʻq)
8.
Oila aʼzosi harbiy taʼlim muassasasi tinglovchisimi (kursantimi)? (ha/yoʻq)
9.
Abonent raqamlari
9.1
Elektr energiyasi boʻyicha abonent raqami
9.2
Tabiiy gaz boʻyicha abonent raqami
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi:
F.I.O.
Hokim yordamchisi:
F.I.O.
Yoshlar yetakchisi:
F.I.O.
Xotin-qizlar faoli:
F.I.O.
“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining ijtimoiy xodimi
F.I.O.
Ijtimoiy nafaqa oluvchi oila aʼzosi
F.I.O.
Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
DALOLATNOMA
____________ tuman (shahar)
kun/oy/yil
___________ tuman (shahar) va ________ mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining ijtimoiy xodimi tomonidan _________ koʻchasi ______uyda yashovchi ______________________ F.I.O. oilasining iqtisodiy ahvoli va oila tarkibini oʻrganish maqsadida yashash manziliga chiqildi hamda oʻrganish imkoniyati boʻlmadi.
1. Oʻrganish uchun birinchi marotaba chiqilgan sana __________.
Oʻrganish imkoniyati boʻlmaganligi sababi (qarshilik koʻrsatilgan, uyda yoʻq va boshqa)
7. Quyidagi mazmundagi 2 va 3-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 2-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali oilalarni kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza taqdim etish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ariza beruvchi — oilaning 18 yoshga toʻlgan ijtimoiy nafaqa olish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
ijtimoiy nafaqa — kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam;
maʼlumotnoma — “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali taqdim etiladigan, QR-kodga (matrik shtrixli kodga) ega boʻlgan maʼlumotnoma;
soʻrovnoma — davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻldiriladigan shakl.
3. Davlat xizmati kam taʼminlangan oilaning 18 yoshga toʻlgan ijtimoiy nafaqa olish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻrsatiladi.
4. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi va ijtimoiy nafaqa AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimlari (filiallari) tomonidan toʻlab beriladi.
5. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
6. “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga YIDXP yoki davlat xizmatlari markazi orqali uch daqiqa ichida ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ushbu maʼlumotnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun taqdim etiladi va kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab oʻn ikki oy davomida amal qiladi.
Agar bitta oila soʻnggi oʻn ikki oy davomida ketma-ket “Yagona reyestr” AT orqali bir necha marotaba:
kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa, bunda maʼlumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlanadi;
kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmagan boʻlsa, bunda maʼlumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmagan oydan keyingi oyning birinchi sanasida yakunlanadi.
7. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimiga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan, YIDXP orqali murojaat qilishda mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda elektron soʻrovnomani toʻldiradi.
10. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi toʻldirilgan hamda idoralararo axborot almashinuvi tizimi orqali olingan maʼlumotlarni, shuningdek oʻzining oila aʼzolari, shu jumladan, 18 yoshga toʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Bunda ariza beruvchi tomonidan uning oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda noaniqliklar va xatoliklar aniqlanganda, ushbu holatlar ariza beruvchi tomonidan tegishli organ bilan birgalikda 3 ish kuni ichida bartaraf etiladi.
11. Soʻrovnoma davlat xizmati olishni istayotgan oydan oldingi oyning 26-sanasiga qadar tasdiqlanishi lozim. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda koʻrib chiqiladi.
12. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, uni tasdiqlashning rad etilishi, tegishli hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ariza beruvchi oilasi “Yagona reyestr” ATda kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi.
14. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchi tomonidan yuboriladigan soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng “Yagona reyestr” ATga elektron shaklda yuboriladi.
15. Soʻrovnoma “Yagona reyestr” AT tomonidan qabul qilinadi.
16. “Yagona reyestr” AT tomonidan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan mezonlarga asosan oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, ijtimoiy nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish va koʻrib chiqish uchun keyingi oyga (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
17. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasi ariza beruvchining soʻrovnomada koʻrsatilgan uyali telefon raqamiga yoki YIDXPga yuboriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. “Yagona reyestr” ATda ishlashga ruxsat berilgan tashkilot va idoralar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi hamda monitoring olib boradi.
20. Ariza beruvchi mazkur davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
3. Mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboradi.
1. 5 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
1. Soʻrov kelib tushgandan keyin “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidan zarur maʼlumotlar kelib tushadi.
3. Maʼlumotnoma ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
4. Ariza beruvchilarning mobil telefon raqamiga maʼlumotnomani yuklab olish boʻyicha havola koʻrsatilgan SMS xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Maʼlumotnoma olingandan soʻng uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Maʼlumotnoma olingandan keyin 3 daqiqa ichida
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1a-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi, tekshiradi va tasdiqlaydi.
3. Mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra, biroq har oyning 26-sanasiga qadar
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 5 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
Tegishli vazirlik va idoralarga elektron shaklda soʻrov yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Vazirlik va idoralar
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga elektron shaklda javob qaytaradi.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
1. Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdorini aniqlaydi va belgilangan mezonlarga solishtiradi.
2. Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3. Tuman (shahar) budjetida nazarda tugilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, arizalarni keyingi oyda qayta koʻrib chiqish uchun (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazadi.
4. Ariza beruvchilarning uyali telefon raqamiga yoki YIDXPga ijtimoiy nafaqa tayinlanganligi, tayinlash rad etilganligi yoki koʻrib chiqish uchun keyingi oyda (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabarni yuboradi.
Ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqada
Izoh. Mobil ilova orqali elektron ariza taqdim etishda xam ushbu sxema qoʻllaniladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Fuqaro__________________________________ning oilasi haqiqatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan.
Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilaning tarkibi:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
(kun/oy/yil)
Jinsi
(ayol/erkak)
Pasport
(identifikatsiyalovchi ID-karta)
maʼlumotlari
(seriya/raqami)
JSHSHIR
Oila aʼzosining maqomi
(ariza beruvchiga nisbatan)
Fuqaro arizasi raqami: ___________________.
Fuqaroning yashash manzili: _______________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar), _______________ tuman (shahar), _______________ (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi), _____ uy, _____ xonadon.
Oilasi kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oy/yil: ______________.
Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
T
e
k
sh
i
r
u
v
k
o
d
i
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni (matrik shtrixli kodni) skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish davlat xizmati koʻrsatish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Xizmat turi
Kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa yoki moddiy yordamni olish
Bepul yoki imtiyozli shartlarda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar olish uchun kam taʼminlangan deb eʼtirof etish
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi:
(mavjud boʻlsa)
5. Tugʻilgan sanasi
6. Mahalla fuqarolar yigʻini
7. Telefon raqami
8. Elektron pochta manzili:
(mavjud boʻlsa)
II. Oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjalik yerlari
T/r
Koʻrsatkichlar
Miqdori
1.
Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:
1.1
Buqa va sigirlar
1.2
Yosh qoramollar
1.3
Ot va tuyalar
1.4
Katta yoshdagi choʻchqalar
1.5
Qoʻylar
1.6
Katta yoshdagi parrandalar
1.7
Yosh parrandalar
2.
Arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq oila foydalanuvida boʻlgan:
2.1
Yuk avtotransport vositalari soni
2.1.1
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.2
Davlat raqami belgisi
2.1.3
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.4
Davlat raqami belgisi
2.2
Yengil avtotransport vositalari soni
2.2.1
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.2
Davlat raqami belgisi
2.2.3
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.4
Davlat raqami belgisi
2.3
Daromad olib keluvchi noturar binolari soni
2.4
Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)
III. Ilova qilinadigan hujjatlar:
16. Boshqa hujjatlar:
(mavjud boʻlsa)
vasiylik va homiylik organining qarori;
chet el oliy taʼlim muassasasi talabasi ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va tijorat banklari rahbarlariga, “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi MCHJga ariza.
Soʻrovnomada rozilik beriladigan ofertalar:
1) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oila tarkibi (bola tugʻilganligi, vafot etganligi yoki boshqa holatlar), yashash joyim oʻzgarganligi va nafaqa (moddiy yordam) miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar yoki oʻzgarishlar sodir boʻlganda oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini kafolatlayman.
Mening va oila aʼzolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga hamda ijtimoiy nafaqa toʻlovini bank kartasi orqali amalga oshirilishiga rozilik beraman.
Bunda AT “Xalq banki”da mening nomimga bank kartasi ochilmagan boʻlsa, AT “Xalq banki”da nomimga yangi bank kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman.
2) Xoʻjaligimizda mavjud chorva mollari, parrandalari soni, oila aʼzolarim nomiga rasmiylashtirilmagan biroq oilamning foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, qoʻshimcha turar koʻchmas mulklari hamda bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman.
Ushbu maʼlumotlar haqqoniyligini mahalla fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan xonadonimga kelib oʻrganish oʻtkazishiga roziman.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 3-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar
I. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar boʻyicha
1.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1. Mahalliy budjetda va boshqa manbalarda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning rejasi toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan hisoblangan stipendiyalar miqdori toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalar, olingan dividendlar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
1.1
Soliq qoʻmitasi
1. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan daromadlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor, yollangan xodim sifatidagi maqomi va toʻlangan qatʼiy soliq summasi toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va toʻlangan ijtimoiy soliq toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Korxonalarning taʼsischilari va taʼsis etilgan korxonaning ustav fondidagi ulushi toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer soligʻi toʻgʻrisida maʼlumot.
1.2
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk manzili va kadastr raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Yakka tartibdagi uy-joyning umumiy yer maydoni va qurilishi osti maydoni toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Dehqon xoʻjaliklarining yer maydoni toʻgʻrisida maʼlumot.
1.3
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi***
1. Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar va ularga toʻlangan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj 80 yoshga toʻlgan keksalarni yoki I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilayotganlar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
2.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlariga murojaat qiluvchilar (ishsiz, ish izlovchi, ishsizlik nafaqasi va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Jamoat ishlarida qatnashganlar va ularga toʻlangan oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Fuqarolarga vazirlik tizimidagi jamgʻarmalar tomonidan berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4. Tashkillashtirilgan holda chet elga vaqtincha ishga yuborilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2.1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Yakka-yolgʻiz shaxslarga ajratilgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Bolalar uyi, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida tarbiyalanayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida tarbiyalanayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va harakatlanish vositalari toʻgʻrisida maʼlumot.
2.2
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
1. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish yoʻnalishida berilgan subsidiyalar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan oilalar toʻgʻrisida maʼlumot.
3.
Sogʻlikni saqlash vazirligi
1. Bepul tibbiy xizmatlar olish uchun berilgan orderlar.
2. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Onkologik kasalliklar bilan uzoq muddatli davolanishda boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ushbu varaqalar rasmiylashtirilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4.
Ichki ishlar vazirligi
1. Jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yoki ishonchnoma asosida foydalanilayotgan avtotransport vositasi (ishlab chiqarilgan sana, turi, markasi, texnik holati va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Fuqarolarga berilgan pasportlar toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan yashash guvohnomalari toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan, shu jumladan chet elda jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
6. “Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumot.
5.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Vasiylikka va homiylikka olingan bolalar toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Oʻn sakkiz yoshdan oshgan maktab oʻquvchilari toʻgʻrisida maʼlumot.
5. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilarni uy-joy bilan taʼminlash “Onlayn navbat” axborot tizimiga kiritilgan bolalar toʻgʻrisida maʼlumot.
6. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (ota-onalar toʻlovi boʻyicha imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
7. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (bepul qishki kiyim-bosh, darsliklar toʻplami, ota-onalar toʻlovida imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
Talaba (tinglovchi)lar (taʼlim tashkiloti, uqish shakli, oʻqish turi, taʼlim kursi, yoʻnalishi va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
7.
Transport vazirligi
1. Fuqarolarning ayrim toifalariga transport (shahar, havo, temir yoʻl)da imtiyozli yurish boʻyicha berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tomonidan litsenziyalar berilgan avtotransport vositalari va ularning egalari toʻgʻrisida maʼlumot.
8.
Adliya vazirligi
1. Oila aʼzolarining fuqarolik holati toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oila tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Qayd etilgan fuqarolik holatlari (tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi, vafot etganlik va boshqalar) toʻgʻrisida shu jumladan, chet elda qayd etilgan holatlar toʻgʻrisida maʼlumot.
8.1
Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
1. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga biriktirilgan JSHSHIRlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisida hamda ularning chet elga borish maqsadlari, yoshi va mamlakatlari toʻgʻrisida maʼlumot.
9.
Markaziy bank
1. Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Olingan pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
10.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi
Jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumot.
II. Boshqa tashkilotlar boʻyicha
1.
AT “Xalq banki”
1. Toʻlangan (toʻlanmagan) bolalar nafaqasi, moddiy yordam va boshqa toʻlovlar, qaytarilgan mablagʻlar hamda hisobvaraqlardagi qoldiq mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Fuqarolar nomiga ochilgan va aktiv boʻlgan bank plastik kartalar toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Nafaqa va moddiy yordam va boshqa toʻlovlar uchun moliyalashtirilgan, toʻlangan va toʻlanmasdan tegishli mahalliy budjetga qaytarilgan mablagʻlar miqdorlari va nafaqa oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumot.
2.
Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasi
Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining kredit tarixiga oid maʼlumot.
* Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish dasturiy kompleks va maʼlumotlar bazasi tuzilmasiga aralashish huquqisiz JSHSHIRga asosan beriladi.
** Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari xamda kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar boʻyicha taqdim etiladi.
*** Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qarorining 10-bandi va unga 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni hamda “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son qarori)” 2022-yil 9-iyundagi 323-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 76-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)