Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 23-noyabrdagi 24-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3108, 2018-yil 28-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3108/2394-son) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmining izoh qismi
beshinchi xatboshisidagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.