Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qarori (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3420/0081-son) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
yettinchi xatboshi “yoki boshqa bankda” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning Markaziy bankda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar — “Milliy kliring markazi” AJ va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ;”;
2. 16-bandning
birinchi hamda
sakkizinchi xatboshilaridagi “tashkiliy savdolarda aksiyalarni” degan soʻzlar “uyushgan savdolarda aksiya va korporativ obligatsiyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Bank tomonidan Markaziy bank yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda vakillik hisobvaragʻi ochilayotganda, ular oʻrtasida oʻzaro vakillik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.”.
“24. Bank tomonidan Markaziy bankda yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvaragʻi ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
bankning yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan holda vakillik hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisida ariza;”.
5.
47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Banklarning yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlari ularning vakillik munosabatlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra, shuningdek banklar yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarni tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.”.