Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish hamda soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doyr birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonining
1-ilovasida “16. Madaniyat vazirligi” boʻlimida “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.