Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida respublika davlat boshqaruvi organlari qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-martdagi 170-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi Vasiylik kengashi faoliyatini samarali tashkil etish orqali “Navoiyuran” davlat korxonasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun madaniy-koʻngilochar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-martdagi 170-son
qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son
Farmoniga muvofiq vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona roʻyxati tasdiqlanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-martdagi 170-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
19-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2.
1-ilovaning 295 — 300 pozitsiyalari “Qabul qilib oluvchi tashkilot” ustunidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovaning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: