Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 13-avgustdagi 14, 51-QQ-son “16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2005, 2009-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 419-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.