1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib borish, ijtimoiy sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarorida:
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi;
Markaz va Institut xodimlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik direktoriga Institut va Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Institut aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ijtimoiy himoyaga muhtojlikning birlamchi sabablarini tahlil qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan hamda monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
Institut va Markazning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qaroriga asosan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilishi munosabati bilan boʻshagan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2023-y., 09/23/539/0785-son)
Markaz tomonidan oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni hamda soha boʻyicha mutaxassislarni mehnatga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilishi mumkin;
Markaz va Institutning xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
a) 2024-yil 1-apreldan boshlab, Markazda:
vazirlik va idoralarning Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari uchun uch yilda kamida bir marta toʻlov-shartnoma asosida majburiy malaka oshirish kurslari;
oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi;
b) Institutga 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini hamda Markazga jami 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
6. Institut va Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori bilan kelishilgan holda, qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tashkiliy
TUZILMASI
Ilmiy kengash
Direktor
Oʻquv va metodologik jarayonlarni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ijro intizomi — devonxona va umumiy nazorat katta inspektori
Taʼlim jarayonini tashkil qilish va nazorat qilish boshqarmasi
5
Bosh yuriskonsult
Buxgalter
Taʼlim dasturlar va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish boʻlimi
4
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor
Izohlar.
1. Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 15 nafar.
2. Professor-oʻqituvchilar soni malaka oshiruvchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.