Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son “Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabrdagi 12-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2949, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2949-1, 2020-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 27-avgustdagi 14-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2949-2, 2022-yil 6-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 10/22/2949-2/0798-son).