toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 18.07.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan xorijiy valyutada undiriladigan bojlar stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari V boʻlimida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Xoʻjalik sudlarida koʻriladigan mulk tusidagi nizolarga oid ishlar boʻyicha, daʼvo qiymati:

1 mln. soʻmga teng miqdorgacha boʻlganda‎

daʼvo qiymatining 3 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda:‎

1 mln. soʻmdan 10 mln soʻmgacha teng boʻlgan miqdordan
‎ yuqori boʻlganda‎

daʼvo qiymatining 2 foizi miqdorida;‎

10 mln. soʻmga teng miqdordan yuqori boʻlganda‎

daʼvo qiymatining 1 foizi miqdorida”;‎
b) 2-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul,
161-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 210-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)