1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd valyuta mablagʻlarini deklaratsiyalash hamda bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan naqd valyuta mablagʻini bojxona nazoratidan oʻtkazish tartibi hamda nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boʻlib, soʻnggi yillarda bojxona organlari tomonidan faoliyatni litsenziyalash qoidalari takomillashtirib borilmoqda.
Shuningdek, bojxona chegaralari orqali naqd valyuta mablagʻlarini olib oʻtishda deklaratsiyalash qoidalarining murakkabligi, bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari talablariga mos emasligi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida koʻplab muammolar keltirib chiqarmoqda.
Bojxona maʼmuriyatchiligida valyuta mablagʻi nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini olib oʻtishda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish kiritish va jismoniy shaxslarga deklaratsiya toʻldirish qoidalarini tushuntirish;
bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini tartibga soluvchi litsenziyaga oʻzgartirish kiritish;
maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish natijasida tegishli davlat boshqaruvi organlari nomlariga tuzatishlar kiritish.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-sentabr,
443-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarda:
“3. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (yuz million) soʻm ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlari ham deklaratsiya qilinishi mumkin”;
v) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Jismoniy shaxslar deklaratsiya toʻldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya toʻldirish qoidalari bilan bogʻliq umumiy tushuntirishlar beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarorida:
45-bandning beshinchi xatboshisi “mutanosib boʻlishi” soʻzlaridan keyin lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
54-banddagi “uch oy ichida” soʻzlari “oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish
57. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 35 — 37-bandlarida koʻrsatilgan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kunida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Reglamentning 78-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi.
58. Litsenziya litsenziatning maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaatiga asosan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
litsenziatning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda;
bojxona ombori binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda;
bojxona omborining turi oʻzgarganda.
Litsenziyani oʻzgartirishda litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartiblarga amal qilinadi.
Litsenziya oʻzgartirilganda, mazkur Reglamentning 76-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat boji va 78-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigim undiriladi.
59. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda va (yoki) oʻzgartirishda, litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi”;
“76. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
Bojxona ombori binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengayishi, qisqarishi, uning turi, tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya oʻzgartirilganda, davlat boji mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi”;
78-bandning ikkinchi xatboshi “qayta rasmiylashtirilayotganda” soʻzlaridan keyin “va (yoki) oʻzgartirilayotganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
_____-son LITSENZIYA Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash
2-bosqich pozitsiyasidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6 va 7-bosqich pozitsiyalaridagi “3 oy” soʻzlari “30 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori
Koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda va (yoki) oʻzgartirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida.
9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya oʻzgartirilganda, litsenziya berilganligi uchun toʻlanadigan bojning ellik foizi miqdorida. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.
43-bandning beshinchi xatboshisidagi “mutanosib boʻlishi” soʻzlaridan keyin “lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
52-bandda “uch oy ichida” soʻzlari “oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish
55. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 35 — 37-bandlarida koʻrsatilgan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda, talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kunida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Reglamentning 76-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi.
56. Litsenziya litsenziatning maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaatiga asosan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
litsenziatning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda;
erkin ombor binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda.
Litsenziyani oʻzgartirishda, litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartiblarga amal qilinadi.
Litsenziya oʻzgartirilganda, mazkur Reglamentning 74-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat boji va 76-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi.
57. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda va (yoki) oʻzgartirishda, litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi”;
“74. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari miqdorlarining 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
Erkin ombor binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengayishi, qisqarishi, uning tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya oʻzgartirilganda, davlat boji mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi”;
76-bandning ikkinchi xatboshisi “qayta rasmiylashtirilayotganda” soʻzlaridan keyin “va (yoki) oʻzgartirilayotganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Erkin ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
_____-son LITSENZIYA Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash
2-bosqich pozitsiyasidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6 va 7-bosqich pozitsiyalaridagi “3 oy” soʻzlari “30 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori
Koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda va (yoki) oʻzgartirilayotganda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida.
9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya oʻzgartirilganda. litsenziya berilganligi uchun toʻlanadigan bojning ellik foizi miqdorida. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda oʻzgartirilgan talabgorning soʻrovnomasiga koʻra — oʻzgartirilgan litsenziya”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
39-bandning beshinchi xatboshisi “mutanosib boʻlishi” soʻzlaridan keyin “lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
48-banddagi “uch oy ichida” soʻzlari “oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish
51. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 29 — 31-bandlarida koʻrsatilgan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda talabgor mazkur Reglamentga 4-ilovadagi 2-shaklga muvofiq boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kunida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Reglamentning 72-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi.
52. Litsenziya litsenziatning maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali murojaatiga asosan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
litsenziatning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda;
boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda;
boj olinmaydigan savdo doʻkonining turi oʻzgarganda.
Litsenziyani oʻzgartirishda litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartiblarga amal qilinadi.
Litsenziya oʻzgartirilganda, mazkur Reglamentning 70-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat boji va 72-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigʻim undiriladi.
53. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda va (yoki) oʻzgartirishda, litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi”;
“70. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari miqdorlarining 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omborining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengayishi, qisqarishi, uning turi, tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya oʻzgartirilganda, davlat boji mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi”;
72-bandning ikkinchi xatboshidagi “qayta rasmiylashtirilayotganda” soʻzlaridan keyin “va (yoki) oʻzgartirilayotganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
_____-son LITSENZIYA Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash
2-bosqich pozitsiyasidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6 va 7-bosqich pozitsiyalaridagi “3 oy” soʻzlari “30 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: