toggle_night_mode
Hujjat 04.09.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 750-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Keyingi yillarda ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish, sohada xizmat itlarini naslchiligi ishlari samaradorligini oshirish hamda xizmat itlarini tayyorlash va ushbu yoʻnalishda kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ichki ishlar organlari tomonidan aholiga kinologiya sohasida pulli xizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali kinologiya boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, aholiga pulli xizmatlar koʻrsatishni huquqiy tartibga solish hamda sohaga doir qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 750-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalariga tayyorlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish;
ichki ishlar organlari naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish huquqini berish;
ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari kinologiya boʻlinmalari sifatida qayta tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibini tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-avgust,
432-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 432-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 750-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Nomidagi, muqaddimadagi va 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “xizmatlari” soʻzi “boʻlinmalari” soʻzi bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “patrul-post xizmati va” soʻzlari “jamoat xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kinologiya boʻlinmalari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatiga asosan ularga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik hamda himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatadi, shuningdek, ularga yetishtirilgan va oʻzlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish huquqi beriladi”.
3. 3-bandning “b” kichik bandidagi “xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlarining” soʻzlari “boʻlim (boʻlinma)larining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati bilan kelishilgan holda, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “xizmati” soʻzi “guruhi” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari va kinologiya xizmat (guruh)larida” soʻzlari “kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)larida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “xizmatlari” soʻzi “boʻlinmalari” soʻzi bilan almashtirilsin.
“b” kichik banddagi “xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari” soʻzlari “boʻlim (boʻlinma, guruh)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“j” kichik banddagi tegishli kelishikdagi “xizmatlari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 8-banddagi “xizmatlarining” soʻzi “boʻlinmalarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. 12-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pulli xizmatlar koʻrsatish va ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi”.
ikkinchi xatboshidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi kinologiya xizmati” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining kinologiya boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari, kinologiya xizmatlari va kinologiya guruhlari” soʻzlari “boʻlim (boʻlinma, guruh)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili yanvar oyining 10-sanasiga qadar kinologiya guruhi (naslchilik pitomnigining boʻlinmasi) boshligi belgilangan mezonlar asosida toʻplangan ballar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi, naslchilik pitomnigi) boshligʻiga taqdim etadi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “xizmati (kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi” soʻzlari “boʻlimi (boʻlinmasi, naslchilik pitomnigi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati kinologiya boʻlimi, naslchilik pitomnigi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)lari xodimlariga maxsus malaka toifasi ishga qabul qilingan (lavozimga tayinlangan) davridan qatʼi nazar, keyingi hisobot yilida toʻplagan ballar asosida yil yakuni boʻyicha beriladi”;
14-banddagi “xizmatlari” soʻzi “boʻlinmalari” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Maxsus malaka toifasiga ega kinolog xodimlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati kinologiya boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari tomonidan yuritiladi”;
1-ilovaning nomidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya xizmat (guruh)lari inspektor-kinolog (kichik inspektor-kinolog, haydovchi-kinolog)larining” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)lari kichik inspektor-kinolog (haydovchi-kinolog)larining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya xizmat (guruh)lari” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning nomidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari, kinologiya xizmat (guruh)lari hamda kinologiya xizmatining boʻlinmalari” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari, kinologiya guruhlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Jamoat tartibini saqlash xizmati kinologiya boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari veterinariya xizmati xodimlarining maxsus malaka toifasini belgilash mezonlari”;
5-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Jamoat tartibini saqlash xizmati kinologiya boʻlimi mutaxassis (yetakchi, katta mutaxassis-kinolog va boshqa) xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) mutaxassis xodimlarining maxsus malaka toifasini belgilash mezonlari”;
6-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Jamoat tartibini saqlash xizmati kinologiya boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari boshliqlarining maxsus malaka toifasini belgilash mezonlari”.
7-ilovaning nomidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari taʼminlash boʻlinmalari” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi xizmatining jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari taʼminlash guruhi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovaning nomidagi va 9-ilovaning nomidagi “boʻlimi” va “boʻlim” soʻzlari tegishincha “boʻlinmasi” va “boʻlinma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovaning nomidagi “boʻlimi” soʻzlari “boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-ilovaning nomidagi “xizmati” soʻzi “boʻlinmasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-ilovaning nomidagi “moliya va moddiy-texnika taʼminoti guruhi xodimlarining” soʻzlari “buxgalter va komendantlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlarining kinolog xodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maxsus malaka toifasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Ichki ishlar organlarining kinolog xodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati


1-bosqich

Kinologiya boʻlinmalari boshliqlari

Xodimning faoliyatini muntazam baholab borish.

Yil davomida


2-bosqich

Kinologiya guruhi (naslchilik pitomnigining boʻlinmasi) boshligʻi

Belgilangan mezonlar asosida toʻplangan ballar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni Kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) yoki naslchilik pitomnigi boshligʻiga taqdim etish.

Har yili yanvar oyining 10-sanasiga qadar


3-bosqich

Kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) (naslchilik pitomnigi) boshligʻi

Maxsus malaka darajasini berish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻplangan hujjatlarni doimiy komissiyaga taqdim etish.

Uch kun muddatda


4-bosqich

IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIB huzurida tuziladigan Maxsus malaka toifasini berish boʻyicha doimiy komissiya

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.

Un kun muddatda


5-bosqich

IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIB huzurida tuziladigan Maxsus malaka toifasini berish boʻyicha doimiy komissiya

Doimiy komissiya qarorini ichki ishlar organlarining moliya va moddiy-texnika taʼminoti boʻlinmalariga taqdim etish.

Doimiy komissiya qarori qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda


6-bosqich

Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boʻlinmalari

Doimiy komissiya qarori asosida qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruq loyihasini tayyorlash.

Uch kun muddatda


7-bosqich

Ichki ishlar organlari rahbarlari va boshliqlari

Qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruqni chiqarish.

Bir kun muddatda

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/432/0672-son)