1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3602-sonli hamda 2005-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi PF-3603-sonli farmonlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-iyul,
PF-3626-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-758-sonli Farmonida:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2342-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” deb oʻzgartirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3306-sonli Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-sonli Farmoni ilovasida: