Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlar amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (roʻyxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 435-modda; 2017-y., 26-son, 597-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy
nizomiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandning
birinchi xatboshisidagi “raisi (oqsoqoli)ning” degan soʻzlar “raisining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2.
6-banddagi “tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar “tuman (shahar) soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” degan soʻzlar “kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
17-banddan “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.