Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 24-noyabrdagi 110-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1941, 2009-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 206-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining xarajatlari va boshqa maxfiy xaraktyerga ega boʻlgan xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Davlat bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
1-banddagi “mol yetkazib beruvchilar” va “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “mahsulot yetkazib beruvchilar” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-bandning
birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
3-banddagi “Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining Axborot texnologiyalar markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 4-bandning
birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “konkurs savdolarining” degan soʻzlar “davlat xaridlarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
9.
15-banddagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “moliya organiga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya organi” va “moliya organining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya organi” va “iqtisodiyot va moliya organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11.
20-banddagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “moliya organiga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13.
24-banddagi “moliya organlariga” va “moliya organlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya organlariga” va “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14.
25-banddagi “moliya organi” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 45-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16.
52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Budjet tashkilotlari gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomani roʻyxatga olish (hisobga olish) uchun shartnomaning ikki asl nusxasi va bitta koʻchirma nusxasi bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda toʻlov jadvali;
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida xarid komissiyasini shakllantirish talab etiladigan hollarda gʻolibni aniqlash boʻyicha xarid komissiyasi majlisining bayonnomasi nusxasi;
agar shartnoma qonunchilikka muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan boʻlsa, mazkur shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan hujjatning nusxasi;
tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun qonunchilikda litsenziyalash yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat olish yoxud vakolatli organga faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborish talabi mavjud boʻlgan hollarda tegishli ravishda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlaganlik haqidagi xabarnomaning nusxasi.”.
“hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlganda va budjet tashkilotining maxsulot yetkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek budjet tashkilotining maxsulot yetkazib beruvchiga avans toʻlovlari oʻtkazishini majburlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida (bunda, davlat siriga taaluqli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilganda, budjet tashkilotlari tomonidan hisobvaraq-fakturalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Gʻaznachilik hizmati qoʻmitasiga yoki gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklida taqdim etiladi);”.