Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Yongʻinlarning oldini olish va ularning kelib chiqish sabablari va omillarini barvaqt aniqlash, bartaraf etish hamda bu borada davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga
2-ilovaning 32-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son
qarorida:
uchinchi xatboshi “haqli emas” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshiruvlari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning
yettinchi xatboshisi “soliq tekshiruvlari” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “xabardor qilishi shart” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “yoʻl qoʻyilmaydi” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;