Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining
35-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son “Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375, 2012-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
nomi va
1-bandidagi “soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va” degan soʻzlar “soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomidagi “soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va” degan soʻzlar “soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v)
1-banddagi “soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va” degan soʻzlar “soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g)
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Hisobotning har bir sahifasi soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan soliq maslahatchisi, soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi va mazkur tashkilotning muhri (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.”;
d) III
1 bobning
nomi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III1 bob. Soliq maslahatiga oid xulosa”;
“Soliq maslahatiga oid xulosa (keyingi oʻrinlarda xulosa deb yuritiladi) — soliq maslahatiga doir shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatgan soliq maslahatchisining fikrini oʻz ichiga olgan hujjat.”;
ikkinchi xatboshidagi “Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi” degan soʻzlar “Soliq maslahatiga oid xulosa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z)
124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“124. Xulosa soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan soliq maslahatchisi, soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi va mazkur tashkilotning muhri (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.”.