1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolar yigʻinlari faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda fuqarolar yigʻinlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qonun hujjatlaridan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlariga nisbatan qoʻllaniladigan “oqsoqol” tushunchasi chiqarib tashlanganligi sababli ushbu soha faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarorlarini ularga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-son Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-iyul,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “raislari (oqsoqollari)ga” soʻzlari “raislariga” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “(oqsoqoli)” soʻzi chiqarib tashlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidagi va 28-bandi “a” kichik bandidagi “(oqsoqollari)” soʻzi chiqarib tashlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarorida:
b) Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 1 va 3-ilovalarning matnlaridagi “(oqsoqoli)” va “(oqsoqoli)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida:
9. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 1, 15 va 193-bandlari birinchi xatboshilaridagi hamda 212-bandidagi tegishli sondagi “(oqsoqol)” soʻzi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisidagi “(oqsoqollari)” soʻzi chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarorida:
a) qarorning muqaddimasidagi “(oqsoqoli)” soʻzi chiqarib tashlansin;
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
v) 24-bandidagi “raisi (oqsoqoli)ning” soʻzlari “raisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 61-bandning ikkinchi xatboshisidagi “raisi (oqsoqoli)ni” soʻzlari “raisini” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova matnidagi tegishli kelishikdagi “(oqsoqol)” soʻzi chiqarib tashlansin;
e) 2-ilova matnidagi “(oqsoqolning)” soʻzi chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “raislari (oqsoqollari)ning” soʻzlari “raislarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-sentabrdagi 740-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisidagi “raisi (oksoqoli)ning” soʻzlari “raisining” soʻzi bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 18-apreldagi 328-son qarorida:
d) Nizomga 1 — 4-ilovalarning belgisidagi “(oqsoqollari)” soʻzi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “g” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “(oqsoqoli)” soʻzi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi va 10-bandi “a” kichik bandidagi “(oqsoqoli)” soʻzi chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarorida:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “raisi (oqsoqoli)ning” soʻzlari “raisining” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovaning matnidagi “(oqsoqoli)” soʻzi chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-maydagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda: