Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-son “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 2-avgust kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
54-banddagi “gʻazna majburiyatlari” degan soʻzlar “davlat gʻaznachilik obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
4-ilovaning 7 017 103 qatoridagi “gʻazna majburiyatlari” degan soʻzlar “davlat gʻaznachilik obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.