Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2013-yil 30-oktabrdagi 21-son qarori (roʻyxat raqami 2521, 2013-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
“tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (bundan buyon matnda Qishloq xoʻjaligi vazirligi deb yuritiladi);
tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar.”.
2.
5,
13,
18-bandlardagi “Davyergeodezkadastr qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
10-banddagi “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi (rais oʻrinbosari), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi” degan soʻzlar “tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (rais oʻrinbosari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning
oltinchi xatboshisidagi “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan” degan soʻzlar “tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
21-banddagi “(viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi)” degan soʻzlar “(viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
29-banddagi “Davyergeodezkadastr qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarma (boʻlim)lari” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki uning hududiy boshqarma (boʻlim)lari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.