Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
“Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 21-iyundagi 49, 2010-25-son “Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2122, 2010-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 240-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 6-iyundagi 43, 2016-22-son “Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2122-1, 2016-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 301-modda).