1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1881-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1881, 2008-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 507-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“7. Birinchi marta sertifikatni olish uchun ariza “Oʻzaviatsiya” agentligiga topshiriladi. Mazkur ariza “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan oʻttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi.
“Oʻzaviatsiya” agentligiga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. “Oʻzaviatsiya” agentligi arizachiga ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi elektron xabarlarga tayanib yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“Oʻzaviatsiya” agentligida arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
5. 19-banddagi va 28-bandning birinchi xatboshisidagi “Davavianazorat” inspeksiyasida” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 36-bandning “b” kichik bandidagi, 45 va 51-bandlardagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“40. Sertifikat harakati tugatilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida hisobot taqdim etilgandan soʻng Sertifikat harakatini yangilash toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligining qarori qabul qilinadi. “Oʻzaviatsiya” agentligi tegishli qaror qabul qilingan kunidan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buyurtmachiga bu haqda xabar beradi.”.
“46. “Oʻzaviatsiya” agentligi inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish komissiyasining ish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligining hujjatlari bilan belgilanadi.”.
9. 1-ilova matnidagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 2-ilovaning I boʻlimi 9-shaklidagi va II boʻlimi 2-paragrafi izohidagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15, 20, 35 va 38-bandlardagi hamda 39-bandning “i” kichik bandidagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16 va 19-bandlardagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasida” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“26. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan guvohnomalarga ega boʻlgan aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishiladi. Boshqa toifadagi xodimlarni tayyorlash dasturlarini oʻquv yurtining rahbari tasdiqlaydi.
Oʻquv rejalari va dasturlarining nusxasi “Oʻzaviatsiya” agentligiga yuboriladi.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)