Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 18-maydagi 20/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1970, 2009-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 292-modda) bilan tasdiqlangan Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining
2-bandi 2023-yilning 5-noyabridan amalga kiritiladi.
1.
Muqaddima qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar erkak choʻchqalarni parvarish qilish bilan shugʻullanadigan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
2.
2-banddagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
4.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.