Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining 2020-yil 25-martdagi 70-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3230, 2020-yil 27-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 10/20/3230/0514-son) bilan tasdiqlangan Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tuman “Agropilla” MChJ tavsiyasiga asosan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari tut daraxtlarining oʻta xavfli zararkunandasi (tut parvonasi)ga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiradi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.