Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son qarori (roʻyxat raqami 2868, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 176-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
3-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan shakllantirilgan tashqi savdo kontrakti (shartnoma, kelishuv) yoki invoysning identifikatsiya raqami;”.
“3. Bojxona qiymati 4-usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi*****:”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“***** Agar deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur bandning “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni toʻliq yoki qisman taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, bojxona organi oʻzining axborot tizimlariga integratsiya qilingan soliq organlari axborot tizimlarida mavjud boʻlgan elektron hisobvaraq-fakturadagi aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi axborotni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etadi.
Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organi tomonidan taqdim etilgan narxlar boʻyicha tovarning bojxona qiymatini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq iqtisodiy-matematika usullarini qoʻllagan holda hisoblash hamda tovarning bojxona qiymatini bojxona organiga taqdim etish huquqiga ega.”.