Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-son qarori (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi va Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“birja — oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish orqali birja tovarlari savdosi uchun shart-sharoit yaratadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan berilgan birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, yuridik shaxslarga birja bitimlarida ishtirok etish huquqini taqdim etadigan va birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatish, tugatish, birja aʼzolarining majburiyatlari va mulkiy javobgarligini belgilaydigan yuridik shaxs;”.
3. 11-bandning
beshinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.