1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TAShKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi O‘RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1998-yil 15-maydagi 97 (1878)-sonida e’lon qilingan.
2. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qonun hujjatlari qo‘llanilaveradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddat ichida yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq diniy tashkilotlar qayta ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
619-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 100-modda)