Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
39-banddagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining texnik kengashlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari qoshidagi shaharsozlik kengashlarida ishtirok etish;”.
3.
62-banddagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim.
MJtKning 3321-moddasiga muvofiq huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida ushbu jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mustaqil ish haqi boʻlmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bankka toʻlanadi. Huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida jarimani undirib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
“yetmish foizini” degan soʻzlar “ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.