Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
“Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2017-yil 28-fevraldagi 4, 5-k/k, 18 va 08/kk-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2874, 2017-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 262-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 9-yanvardagi 2-son, 3-q/q-son, 5-son, 1/kk-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2874-1, 2018-yil 25-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/2874-1/0621-son).