Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-son “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “IT-visa” joriy etilganligi hamda aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 25-martdagi 7-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3355, 2022-yil 28-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/3355/0248-son) bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, “IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) tibbiy xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqiga ega.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.