Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983, 2009-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-banddagi “Davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
123-banddagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
200-banddagi “Davlat standartlarida” degan soʻzlar “milliy standartlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.