Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yilda 28-iyunga toʻgʻri kelishini inobatga olgan holda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash hamda aholiga Qurbon hayiti bayramini nishonlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoni 1-bandining
ikkinchi xatboshisi “24-aprel — dushanba,” soʻzlaridan keyin “29-iyun — payshanba,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.