oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1755, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va likyor-aroq ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3 va
5-bandlardagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
4-banddagi “Davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.