Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-iyundagi 23/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1973, 2009-yil 25-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 306-modda) bilan tasdiqlangan Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
2-bandidagi “davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.