oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1971, 2009-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
2-bandidagi “davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.