Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-iyundagi 25/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1976, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Dori-darmonlarni saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
3-bandidagi “davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.