Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 30-apreldagi 18/B-1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1966, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Ikkilamchi xomashyo tayyorlash omborxonalari, baza va punktlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
3-bandidagi “Davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.