Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga
1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari
2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar
roʻyxatining 2 va 2
1-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy savdolar orqali toʻliqligicha sotiladigan korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari)
roʻyxatining 479 va 480-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 583-son
qarorida:
“2. Belgilansinki, 2023-yil 15-iyundan eʼtiboran:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustama toʻlovi amalga oshiriladi”;
4.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona
nizomda:
4-banddan “huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “11,25 foizi” soʻzlari “33,75 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-banddagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” soʻzlari “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-banddagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” soʻzlari “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4847-son qarorining
1,
2,
4 va
6-bandlari hamda qarorga
1 — 5-ilovalar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarorining
1-bandi.