Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 16-martdagi 13/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1940, 2009-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 205-modda) bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
2-bandidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.