1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratildi hamda telekommunikatsiya xizmatlari, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, aholining zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda toʻliq foydalanish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek, bino va inshootlarni loyihalashtirish jarayonida telekommunikatsiya infratuzilmasining inobatga olinishi kabi muhim ishlarni muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va toʻlov tizimlari operatorlariga oʻzlarining mobil ilovalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga solish;
axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta sohasidagi qurilish obyektlarining xavf-xatar toifalari tasnifini soddalashtirish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholash va hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasini reyting baholash tartibini joriy etish;
operator va provayderlarga telekommunikatsiya obyektlarida texnik vositalarni oʻrnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga ruxsat berish, bunda loyiha-smeta hujjatlarini 15 kun muddatda ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-iyun,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarorida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va toʻlov tizimlari operatorlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin”;
1-bandning ikkinchi xatboshisi “rasmiy veb-saytlari” soʻzlaridan keyin “va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalarida Yagona portal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2. Yagona portal axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va maʼmurchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “Oʻzinfokom” markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzinfokom” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladigan “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat koʻrsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini:
davlat organlari rasmiy veb-saytlarida tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yoʻli bilan;
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda toʻlov tizimlari operatorlari oʻzlarining mobil ilovalarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda joriy qilinishiga yoʻl qoʻyiladi”;
“Yagona portal bilan davlat organlari va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining tegishli axborot tizimlari idoralararo elektron hamkorligi tartibi mavjud boʻladi”;
26-band “Yagona portalda” soʻzlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
31-band “Davlat organlari Yagona portalda” soʻzlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
34-band “Davlat organlariga Yagona portalda” soʻzlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentga 2-ilovada:
26-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
26. AKT, telekommunikatsiya va pochta sohasidagi obyektlar
26.1
Telekommunikatsiya stansiyalari va ularning infratuzilmalari, shu jumladan, radio, radiorele, mobil va uyali aloqa stansiyalari
telekommunikatsiya binolari
III
telekommunikatsiya liniyalari, qurilma va uskunalari
II
radio, radiorele, mobil va uyali aloqa stansiyalari, machtalari, minoralari va antennalari
26.2
Pochta aloqasi bogʻlamasi va boʻlimlari, telegraf, telekommunikatsiya bogʻlamasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarga tegishli (maʼmuriy va xoʻjalik) obyektlari
mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan:
mavjud quvurlar, havo simyogʻoch ustunlari va koʻp qavatli bino tomlaridan oʻtgan optik va mis aloqa kabellari;
yer osti qatlamidan olib oʻtiladigan aloqa kabellari
II
26.4
Televideniye, radio va internet tarmoqlari
kabel televideniye, radio-eshittirish va “soʻnggi milya” internet tarmoqlari
I
”;
44.1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
44.1
Magistrallar va suv quvuri tarmoqlari, xoʻjalik-maishiy va yomgʻir suvini oqizuvchi kanalizatsiyalar, tabiiy gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, elektr bilan yoritish
imoratlar va yer osti kommunikatsiyalari boʻlmagan hududda loyihalashtirish va qurish
II
yer osti kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan taqdirda, shahar kirish yoʻllari va shaharning qurilgan qismlari boʻyicha loyihalashtirish va qurish
II
temir yoʻllarni yoki metropolitenni kesib oʻtgan, murakkab gidrogeologik sharoitlarda yopiq oʻtishni va ishlarni bajarishning maxsus usullarini qoʻllagan holda, yer osti va yer usti inshootlarining bevosita yaqinida loyihalashtirish va qurish
III
”.
54.3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
54.3
Telekommunikatsiya tizimlari
server (maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazlari) qurilmalari, lokal kompyuter tarmoqlar
II
”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarorida:
“b) tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun NIS.UZ idoralararo axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — NIS.UZ-axborot tizimi) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
ikkinchi xatboshidagi “tashkilotlarda hamda hududlarda raqamli transformatsiya” soʻzlari “tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash har olti oy yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi va uning natijalari “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi”;
“3. “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi alohida grafik asosida NIS.UZ-axborot tizimiga tashkilotlar tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligiga muvofiqligi yuzasidan oʻrganishlar va tekshirishlar olib boradi”;
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tadbirlarini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq”;
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
indikator — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi reyting baholanishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkich;
indeks — raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashda qoʻllaniladigan indikatorlar jamlanmasi;
reyting baholash — reyting koʻrsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan roʻyxatdagi oʻrnini belgilash;
hududlar — baholanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar;
NIS.UZ-axborot tizimi — tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qoʻllaniladigan idoralararo axborot tizimi.
2-bob. Tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashning asosiy mezonlari va baholash tartibi
3. Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy indekslarga muvofiq amalga oshiriladi:
3.1. Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi.
3.2. Elektron xizmatlar indeksi.
3.3. Axborot xavfsizligi indeksi.
3.4. Faoliyatning raqamlashganligi indeksi.
Tashkilotlarda reyting baholash tadbirlari mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash quyidagi yoʻnalishlarda asosiy indikatorlar yordamida amalga oshiriladi:
4.1. Masofaviy xizmatlar eksporti markazlarining (BPO) mavjudligi.
4.2. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi.
4.3. Kompyuter-dasturlash xizmatlari hajmi.
4.4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ish bilan taʼminlanganlar ulushi.
4.5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
4.6. IT-park va uning rezidentlari tomonidan ish bilan taʼminlanganlar ulushi.
Hududlarda baholash tadbirlari mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Hududlarda raqamli iqtisodiyot holatining reytingi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, mehnatga layoqatli aholi qatlamida ish bilan taʼminlanganlik darajasi va boshqa yoʻnalishlardagi indikatorlarni hisoblash asosida aniqlanadi.
6. Reyting baholash indekslari, baholash tartibi hamda baholarni hisoblash uslublari tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyotni reyting baholash metodikalarida batafsil tavsiflanadi.
7. Reyting baholash metodikalari “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Baholarni hisoblash reyting baholash metodikasiga muvofiq NIS.UZ-axborot tizimida real vaqt rejimida inson omilisiz amalga oshiriladi.
9. Indikatorlarni hisoblashda rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlardan foydalaniladi.
10. Reyting baholash natijalari “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
11. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi aniqlangan indikatorlarning miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanadi hamda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
12. Indikatorlarni reyting baholash natijalariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi reyting balli boʻyicha:
71 balldan 100 ballgacha baholangan tashkilot — “yashil”;
55 balldan 71 ballgacha baholangan tashkilot — “sariq”;
55 balldan past baholangan tashkilot — “qizil” deb topiladi.
3-bob. Reyting baholash natijalari boʻyicha tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish
13. Reyting baholash natijalari boʻyicha tegishli tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasiga koʻra Raqamli texnologiyalar vazirligining taklifiga asosan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi bayoni bilan:
hisobot yilida “yashil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari eʼlon qilinguniga qadar har oyda lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi;
hisobot yilida ikki marta “qizil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima qoʻllaniladi yoki jarima qoʻllash haqida taklif kiritiladi.
14. Reyting baholash natijalari boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan tashkilotlarning ijobiy tajribasini boshqa tashkilotlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Raqamli texnologiyalar vazirligi zaruratga koʻra, reyting koʻrsatkichlari roʻyxati hamda ularni hisoblash usullariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatiga ega.
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼul organlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
“Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi” boʻyicha axborot texnologiyalariga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlarni toʻplaydi, NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish, kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.
Har yarim yillik yakunidan keyingi 45 kun davomida,
yanvar-fevral,
iyul-avgust
2-bosqich
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
“Elektron xizmatlar indeksi” boʻyicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.
Har yarim yillikda yanvar-iyun,
iyul-dekabr
3-bosqich
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
“Faoliyatni raqamlashtirganlik indeksi” boʻyicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, axborot tizimlarini amaliyotga tatbiq qilish hujjatlarida bildirilgan vazifalar joriy qilinganlik darajasini tekshiradi.
Har yarim yillikda
45 kun davomida, may-iyun, noyabr-dekabr
4-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
“Axborot va kiberxavfsizlik indeksi” boʻyicha talab etilgan tadbirlarni bajaradi.
Har yarim yillikda
5-bosqich
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Reyting natijalarini va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hisobot davri yakunidan keyingi oyning
30-sanasiga qadar
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasini reyting baholashni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasi boʻyicha statistik va tahliliy maʼlumotlarni NIS.UZ-axborot tizimiga kiritadi.
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar
2-bosqich
Raqamli texnologiyalar vazirligi
NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida reyting baholashni amalga oshiradi va hududlarni reyting baholash yakunlari asosida reytingni shakllantiradi.
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar
3-bosqich
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Reyting natijalari va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 30-sanasiga qadar
”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“26. Tegishli hujjatlarga muvofiq qurilish-montaj ishlarini shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi bilan bir vaqtning oʻzida bajarilishi nazarda tutilgan obyektlar yoki texnik vositalarni oʻrnatish uchun telekommunikatsiya operator va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlari boʻyicha ekspertiza xulosasi ekspertizadan oʻtkazish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich belgilangan tartibda va hajmda axborot tizimi orqali beriladi”;
“I toifa obyektlarning shaharsozlik hujjatlari hamda telekommunikatsiya operator va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlarida texnik vositalarni oʻrnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda;
II, III va IV toifalardagi obyektlar shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi oʻttiz kun muddatda koʻrib chiqiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)