1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayoniga raqamli texnologiyalar keng joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va malakasini oshirishdagi mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, ortiqcha qogʻozbozlikning oldini olish hamda ushbu jarayonga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish tartibini bekor qilish;
yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish;
attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni elektron shaklga oʻtkazish orqali qogʻoz shaklidagi guvohnoma blankalaridan voz kechish.
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyun,
230-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“11. Tashkilot yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xatni tegishli adliya organiga belgilangan muddatlarda yuboradi.
Bunda talabgor haqidagi zarur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali olinadi”.
“13. Yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Tashkilot tomonidan attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborilgan yuridik xizmat xodimi malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi sertifikat olgan boʻlishi shart.
Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
14. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishiga asos boʻlgan kamchilik bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat takroran koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
15. Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi uni attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyish boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos boʻlmagan taqdirda, talabgor tashkilot xati kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
“23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali berilgan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi”.
6. 24-banddagi “ovoz berish” soʻzlari “ball qoʻyish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma reyestri uning seriya raqami va amal qilish muddati koʻrsatilgan holda “Yurist-adliya” elektron tizimida avtomatik ravishda yuritiladi”.
8. V boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish”.
9. 31 va 32-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. 33-banddagi “va dublikati berilishi” degan soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.