Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi OʻRQ-823-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining
5-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3026, 2018-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 10/18/3026/1408-son) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2 va
3-ilovalari matnidagi “shahar-tuman maʼmuriy ishlar boʻyicha sudining” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.